"Bavariya" Bundesliganing oxirgi o'rinlarida borayotgan jamoa ustidan yirik g'alabani qo'lga kiritdi
20 apr 00:10
Yangiliklar


"Bavariya" Bundesliganing oxirgi o'rinlarida borayotgan jamoa ustidan yirik g'alabani qo'lga kiritdi
"Bavariya" Bundesliganing 30-turida safarda "Xaydenxaym" ustidan 4:0 hisobida g'alaba qozondi
Bahsning 12-daqiqasida mehmonlar hujumchisi Harri Keyn hisobni ochdi. 19-daqiqada esa yarim himoyachi Konrad Laymer farqni oshirdi (0:2). 36-daqiqada Kingsli Koman hisobni yirik ko'rinishga keltirdi (0:3). 56-daqiqada esa Yozua Kimmix o'yindagi to'rtinchi golni kiritdi (0:4).
Myunxenliklar Bundesligadagi mag'lubiyatsiz seriyasini besh o'yinga etkazishdi. Ular turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda
O’xshash yangiliklar

Fikrlar