So’nggi yangiliklar

01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  2 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  6 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  15

Killer - Kilian! Yangiliklar

Killer - Kilian!

Bilasizmi, “Oltin to'p”ning bo'lajak egasi hozir Parijda va u Neymar emas.

Mbappe nafaqat bu mukofotga egalik qilishi, balki butun dunyoni larzaga solishi mumkin.

Bugungi kunga kelib, gap Kilian Mbappe haqida ketganda, futbol muxlislarining aksariyatida bu futbolchi uzoq vaqtdan beri to'p tepayotgandek, yulduzlar qatoriga mustahkam o'rnashib olgandek va shubhasiz jahon darajasidagi o'yinchidek tuyulishi tabiiy holga aylanib bormoqda. Etiborlisi, francuz yigiti buning barchasiga bor yo'g'i 19 yoshida erishdi. Biz esa bazan 24 yoshga kirib ulgurgan yigitlarni kelajagi bor, umidli yoshlar qatoriga qo'shib qo'yamiz. Unday fikrlasak, Mbappe zaxirasida yana besh yil (!) bor.

Bugun ertami-kechmi Kilian “Oltin to'p”ga ega chiqishi sabablari haqida so'z yuritamiz.


Yoshi

Ko'plab yosh o'yinchilar faoliyatining dastlabki qismida «porlagan» bo'lsalarda, keyinchalik juratsizlikmi yo shashti pasayibmi iqtidorlarini namoyon eta olmay, qaergadir “yo'qolib” qolishgan. Balki shu sababdanmi, Mbappega ham avvaliga ko'p haq to'lashga biroz hadiksirashdi. Biroq, Mbappe “Monako”da o'ynab, o'zini yo'qotib qo'ygani yo'q va “Lui II” stadionida ulg'aydi. Hattoki, PSJga o'tganda ham, «taltayib»ketmadi va imkoni boricha o'z ustida ishladi. Agar kelajakda qandaydir jiddiy jarohat olmasa, u yanada yuksalishi uchun hozircha hech qanday to'siq ko'rinmayapti. U hali ancha yosh ekanini hisobga olsak, «Oltin to'p»ga sazovor bo'lishi uchun vaqti hali etarli. Buning uchun Killian harakatlarining birortasi muvaffaqiyat bilan yakunlanishi shart. “France Football” mukofotni topshirishda o'z millat vakillaridan doim chetga chiqishga harakat qiladi. Lekin shunga qaramay, 2017 yilning nomzodlar ro'yxatida Mbappe yuqori pog'onalardan birini egalladi.


Sovrinlar

Mbappe PSJ klubiga o'tishda bir necha maqsadni ko'zlagan edi. Birinchidan, moliyaviy ahvolini yaxshilash. Ikkinchidan ona shahriga qaytish: Killian Parijda tug'ilgani ko'pchilikka sir emas. «Real» unga davogarlardan biri bo'lib turganda, u PSJ klubini tanlashiga bu omil ham sabab bo'lgan. Uchinchidan, sovrinlar uchun kurash.

Tabiiyki faktorlar muhimlilik darajasi bo'yicha joylashtirilmagan. Buni albatta, faqatgina Mbappening o'zi biladi. SHunchaki bu omillarning har biri o'z o'rniga ega. Salohiyat, maqsad, PSJ tarkibi CHempionlar Ligasidagi g'alaba va ko'plab boshqa sovrinlarni hisobga olsak, bu faqat vaqt masalasiga bog'liq. PSJning qatarlik rahbarlari har qanday yo'l bilan o'z maqsadlariga etishni istaydilar. Bilasiz, «Oltin to'p» ham u uchun kurashganlarni yaxshi ko'radi. Bundan tashqari, Franciyaning hozirgi terma jamoasi ancha kuchli va o'yinchilarning har biri sovrin uchun kurash olib borishi mumkin. PSJ va Franciya termasidagi salohiyat va maqsadlari Mbappega sovrinni yutishi uchun katta imkoniyat yaratadi.

Statistikadek muhim ko'rsatkichni ham unutmaslik lozim. Mbappe universal hujumchining eng qulay poziciyasida o'ynaydi. U bu bilan ko'plab gol urishi, va golli paslar berishi mumkin. Samaradorlik bobida maqtana olmasangiz ham, jamoangizning hujumdagi o'yinida faol bo'lsangiz, sheriklaringiz qulay imkoniyatga chiqishiga yordam bersangiz, sizni baribir maqtashadi. Jamoada Kavanidek markaziy hujumchi borligiga qaramay, Mbappe bu borada ham bo'shashmayapti va muxlislarini gollar bilan muntazam xursand qilib kelmoqda. CHempionlar ligasining hozirgi mavsumda Mbappe 7ta o'yinda 4ta gol urdi va 3ta golli pas berdi. Uning Franciya chempionatidagi hisobida 19ta o'yin, 10ta gol va 8ta golli uzatma bergan. Qisqacha qilib aytadigan bo'lsak, uning hech bir o'yini samarali harakatsiz o'tmayapti.


Intellekt

Bizning vaziyatimizda bu so'z futbolchining aqliy, malum fanlar bo'yicha bilimlariga berilgan tarif emas. Keling tan olaylik, futbolda aniq fanlar bo'yicha bilimlar eng muhimi hisoblanmaydi.

O'yinda hosil qilingan maxsus ko'nikma va futbolni tushunish juda muhim omil hisoblanadi. Franciya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham buni alohida takidlab o'tgan. U Mbappe o'yinga qanchalik mos kelayotganini ko'rib hayratlangan. Mbappening maydondagi harakatlarini ko'rib, bu yigit endigina 19 yoshga to'lganiga ishongisi ham kelmagan. U o'yinni, hamkasblari, o'z kuchini, nimaga qodir ekanini his qila oladi va maydonda shunga qarab harakat qiladi. SHuning uchun, u doimo to'g'ri o'ynashga harakat qiladi va jamoadagi professional o'yinchilar Neymar va Kavaniga qaraganda, kamdan-kam holatlarda xatolarga yo'l qo'yadi. Bu bilan, nima u shunchalik ideal o'yinchimi, u xato qilmaydimi dersiz?! Yo'q, bu fikrdan biz ham yiroqmiz. Ha, uning ham bir qancha kamchiliklari bor. Biroq, aql-zakovati bilan ish ko'rishga o'rgangani uchunmi, boshqalarga qaraganda bunday muammolarga deyarli yo'liqmaydi desak mubolag'a bo'lmaydi. Vaziyatlarga sovuqqonlik bilan baho bergani uchunmi ko'pincha ijobiy qaror qabul qilishga muvaffaq bo'ladi. Balki, bular ham kelajakda barcha niyatlari amalga oshishiga kamlik qilar?! Yana kim bilsin?! Buyog'iga endi vaqt — oliy hakam!


Engib bo'lmas raqiblar o'yindan chiqishi

Hammamiz atrof-muhit, atrofdagilar bilan muloqot va raqobat natijasida kuchayib boramiz. Ulardan ayro holda esa rivojlanib bo'lmaydi. Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi davrida qolganlar baribir eng yaxshisi bo'la olmaydi. Bunga ishonmaganlar ham vaqt o'tgani sayin amin bo'lmoqda. Zamonamizning eng kuchli ikki futbolchisi unchalik omadli mavsum o'tkazmasada, ular ko'rsatgan o'yin «Oltin to'p»ga ega chiqish uchun etarli bo'laverdi. Qolganlar faqat uchinchi bo'lish uchun kurash olib borishgan.Nazarimizda, qolganlardan farqli o'laroq, Mbappe raqiblar ichidagi Messi va Ronaldu bo'lmaydigan vaqtni kuta oladi. To'g'ri, u payt ham u bilan tenglasha oladigan darajadagi futbolchilar ko'p bo'lishi mumkin. Lekin, ular Mbappega har tomonlama mos bo'ladi.

Mbappe «Oltin to'p»ni «Barcelona»dan PSJ klubiga Messi «soya»sidan qutulish va aynan shu sovringa ega chiqish maqsadida o'tgan Neymardan avvalroq bu mukofotga sazovor bo'lsa, uncha-muncha ichak-uzdi hangomadan qolishmaydigan vaziyat yuzaga keladi. Balki ishonmassiz, ammo mashhurlik bobida Mbappe braziliyalik hamkasbidan umuman qolishmaydi. Neymarni ham futbolda, ham muxlislar orasida ko'pchilik yoqtirmaydi. Neymar allaqachon, tanilib, yulduzlik maqomiga ega bo'lgan. Ammo, yoshdagi farq va francuz zaxirasidagi o'sha yillarni inobatga olsak, Killianning imkoniyatlari ancha oshadi.


Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика