Kilian Mbappe yozda klub rahbariyatidan qo'yib yuborishlarini so'raganini tan oldi
04 okt 2021 15:40
Yangiliklar
Kilian Mbappe yozda klub rahbariyatidan qo'yib yuborishlarini so'raganini tan oldi
"PSJdan qo'yib yuborishini so'radim, sababi shartnomani uzaytirishni rejalashtirmagandim va klub mening o'rinbosarim bilan shartnoma imzolashi uchun pul olishini xohlagandim.
Bu klub menga ko'p narsa berdi, to'rt yil davomida barchadan mamnun bo'ldim va hali ham shunday.
Men buni imkon qadar erta malum qildim, shunda klub bunga munosabat bildirishga vaqti bo'lardi. Barcha mamnun qolishi uchun ushbu bitimdan barchaning foyda olishini xohladim. Agar klub meni qo'yib yubormasa, qolishimni aytdim.
SHaxsan menga avgustning so'nggida ketaman deyishim yoqmadi, sababi men o'z xohishimni iyulda malum qilgandim", - deydi Mbappe.
Eslatib o'tamiz, Mbappening PSJ bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Mbappe yozda "Real"ga o'tishi mumkin edi, ammo parijliklar Madrid klubi taklifini qabul qilishmadi.
22 yoshli hujumchi joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 9ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etdi.
Fikrlar