"Dinamo" etakchilaridan biri jiddiy jarohat oldi. U Turkiyada operaciya qilinadi
01 iyu 12:23
Yangiliklar


"Dinamo" etakchilaridan biri jiddiy jarohat oldi. U Turkiyada operaciya qilinadi
"Qo'qon-1912" – "Dinamo" (2:3) uchrashuvida gol urib, samarqandliklarning g'alabasiga katta hissa qo'shgan Salim Mustafoev birinchi bo'lim yakunida jarohat olib maydonni tark etgandi.
Klub matbuot xizmatining malum qilishicha, tibbiy tekshiruvlardan keyin "Dinamo" jamoasi sardorining chap oyoq paylari yorilgani oydinlashgan va u bir necha oyga safdan chiqqan.
Salim Mustafoev kuni kecha Samarqanddan Istanbulga jo'nab ketdi. Jamoa sardori bugun, 1 iyul kuni Turkiyada chap oyog'idan jarrohlik amaliyotini o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar