"Roma" muxlislari rekord miqdorda abonement sotib oldi
01 iyu 14:18
Yangiliklar


"Roma" muxlislari rekord miqdorda abonement sotib oldi
Rimliklar matbuot xizmatining xabar berishicha, muxlislar uy uchrashuvlari uchun 34 500 ta abonement sotib olgan. Bu oxirgi mavsumlardagi rekord ko'rsatkich.
Abonement sotuvining birinchi bosqichi 3 iyulga qadar davom etadi. Keyin yana bir partiya mavjud bo'ladi.
"Roma" o'yinlarini Rimdagi "Olimpiko" stadionida o'tkazadi. Uning sig'imi 70 634 tomoshabinga mo'ljallangan.
Rim klubi 2024/25 yilgi mavsum yakuniga ko'ra 38 o'yinda 69 ochko to'plagan holda A Seriya jadvalida beshinchi o'rinni egalladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar