Dezire Due "Inter Mayami"ga qarshi o'yin oldidan: "Bu turnirda faqatgina eng kuchlilar o'ynaydi. Xato qilishga haqqimiz yo'q"
29 iyu 17:21
Yangiliklar


Dezire Due "Inter Mayami"ga qarshi o'yin oldidan: "Bu turnirda faqatgina eng kuchlilar o'ynaydi. Xato qilishga haqqimiz yo'q"
PSJ futbolchisi Dezire Due klublar o'rtasidagi jahon chempionatining 1/8 finali doirasida "Inter Mayami"ga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirdi.
"O'ta yuqori sifatli va juda tajribali jamoa. Tarkibida ko'plab buyuk futbolchilar bor va ular bizga katta muammo yarata olishadi. Maqsadimiz - o'z futbolimizni namoyish qilish va mavsum davomidagidek o'ynash.
Bu pley-off, shu sababli xato qilishga haqqimiz yo'q. O'yinning boshidanoq biz bor etiborimizni qaratishimiz va maksimal kuch bilan o'ynashimiz kerak. Bu klublar o'rtasidagi jahon chempionati, bu erda faqatgina eng kuchli jamoalar o'ynaydi. Bu bahsda g'alaba qozonib, oldinga harakatlanishni istaymiz", - dedi Dezire Due.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Бунинг учун ним чоракда ПСЖни,
Чоракда Баварияни.
Яримда Реални,
Финалда Ман Ситини ютиши керак экан холос)