Kibersport. Hamyurtimiz jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi
13 mar 2019 12:16
Yangiliklar


Kibersport. Hamyurtimiz jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi
Ayni damda Xitoyning CHuncin shahrida kompyuter o'yinlari bo'yicha jahon chempionati (WESG 2018) o'tkazilmoqda.
Ushbu kompyuter mundialida O'zbekistondan bir ishtirokchi qatnashdi. Salohiddin Esonov virtual futbol o'yinida (PES2019) yurtimiz sharafini himoya qildi. Salohiddin guruh bosqichida 8ta o'yin o'tkazib, ularning 3tasida g'alabaga erishdi, 3ta durang qayd etdi va 2marta mag'lub bo'ldi. 12 ochko to'plagan Esonov guruhda 3-o'rinni oldi va keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kirita olmadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar