Kiberfutbol: "Bunyodkor" stadionida PCFL Grand-finali bo'lib o'tdi
24 okt 2016 13:52
Yangiliklar


Kiberfutbol: "Bunyodkor" stadionida PCFL Grand-finali bo'lib o'tdi
22 oktyabr kuni ushbu liga saralashining so'nggi bosqichi, Grand-final bo'lib o'tdi. Unda viloyatlar va poytaxt saralash turnirlari g'oliblari ishtirok etishdi.
Murosasiz bahslarga boy bo'lgan Grand-finalda "Lokomoti" kiberfutbolchisi O'ktam Ibragimov ("Rembo") g'olib bo'ldi. Ikkinchi va uchinchi o'rin Abdusapi Qayumov ("Lokomotiv") hamda "Shammy" nikli kibersportchiga nasib etdi.
Tez orada PCFL oliy va birinchi liga ishtirokchilari nomini elon qilamiz. CHempionat o'yinlari noyabr oyidan boshlab o'tkaziladi.
"Virtual Football" kompaniyasi PCFL ligasining viloyat va shahar saralashlari va grand-finalni tashkil etishda yordam bergan O'FF, PFL, "Bunyodkor" klubi va stadioni rahbariyati, Championat.asia sayti, "UzReport" telekanali hamda qolgan barcha insonlarga o'z minnatdorchiligini bildiradi!
Biz kiberfutbol yo'nalishida ham O'zbekiston bayrog'i jahon maydonlarida balandlarga ko'tarilishiga intilamiz!"
"Virtual Football" kompaniyasi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar