So’nggi yangiliklar

02:13Ироқ мураббийи ФИФАдан ЖЧ плей-офф ўйинини қолдиришни сўради: "Бизга тайёргарлик учун вақт керак"  0 01:35Алиссон ва Кьеза "Галатасарой"га қарши ўйнамайди: Слот вазиятга ойдинлик киритди  0 01:10«Каттақўрғон» ўз сафига уч нафар янги ҳимоячини қўшиб олди, улар орасида «Пахтакор» тарбияланувчилари ҳам бор  0 00:48"Реал" Почеттинони олиб келмоқчи: Арбелоага фақат мўъжиза ёки Чемпионлар Лигасидаги ғалаба ёрдам беради  3 00:19Англия Кубоги: Чорак финалда "Манчестер Сити" ва "Ливерпуль" ўзаро тўқнаш келади  8 00:0523 та қизил карточка ва оммавий муштлашув: Халк финалдаги даҳшатли ҳолатда ҳакамни айблади  0 23:01"Мен Лео қолади деб кафолат бермаганман" — Лапорта Хавининг айбловларига жавоб қайтарди  8 22:30Неймар 2023 йилдан бери илк бор Бразилия терма жамоасининг кенгайтирилган таркибига киритилди  1 21:59Абдуқодир Ҳусановнинг трансфер нархи нега ошмади? Англиялик эксперт жавоб берди  7 21:23"Манчестер Сити" футболчиси 80 000 фунт жарима тўлайди  4 20:59Мбаппе "Реал" шифокорларига ишонмаяпти — у 3 ойдан бери жароҳат билан ўйнаб келган  9 20:41Осиё Кубогидаги шов-шув: Эрон терма жамоасининг 5 нафар футболчиси полиция ёрдамида қочиб кетди  19 20:04Маунт "Манчестер Юнайтед"даги келажаги бўйича бир қарорга келди  0 19:43Суперлиганинг 2-турида ҳакамлар бир нечта қўпол хатога йўл қўйди  40 19:31"Ливерпуль" раҳбарияти бош мураббийга шарт қўйди. Слотдан нималар талаб қилинмоқда?  8

Abdusapi Qayumov FCDB 2017 musobaqasi sovrindori Yangiliklar

Abdusapi Qayumov FCDB 2017 musobaqasi sovrindori

Belarusning Minsk shahrida o'tkazilgan FCDB 2017 musobaqasida Abdusapi Qayumov sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Minsk shahrida bo'lib o'tgan FCDB 2017 musobaqasida Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi sharafini himoya qilgan hamyurtimiz Abdusapi Qayumov kuchli kiberfutbolchilarni engib sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Final uchun kechgan bahsda omad kiberfutbolchimizdan yuz o'girdi va uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda hamyurtimiz Abdusapi Qayumov ukrainalik raqibini 3ta o'yinda 3:1, 3:4, 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. 



Toshkentning "Lokomotiv" klubi kiberfutbolchisi Abdusapi Qayumov musobaqada o'tkazgan barcha o'yinlari quyidagicha ko'rinish olgan.


Guruh bosqichi

Abdusapi vs Dinamo Kiev 2:1
Abdusapi vs Forlans  0:5
Abdusapi vs Forlans  2:1
Abdusapi vs Psv Bruma  1:1
Abdusapi vs Psv Bruma  2:3
Abdusapi vs Dinamo Kiev  1:1


1/4 Final

Abdusapi vs Fearggwp 3:1, 3:4, 2:1 

1/2 Final

Abdusapi vs Ketko 1:4, 0:3


Abdusapi Qayumov ko'rsatgan natijalari musobaqa tashkilotchilari va ishtirokchilarini hayron qoldirdi. SHu munosabat bilan deyarli barcha ishtirokchilar Abdusapi Qayumov bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni taklif qilishdi. 



O'rtoqlik uchrashuvlari

Abdusapi vs Labatrias 2:5
Abdusapi vs Fearwggwp 4:5
Abdusapi vs Fearwggwp 1:0
Abdusapi vs Benfica 3:2
Abdusapi vs Ajax Dani 3:2


Musobaqa yakuniga etganidan so'ng, kiberfutbolchimiz Abdusapi Qayumov OAV vakillari bergan savollarga javob qaydardi.


"Avvalam bor ushbu musobaqada ishtirok etganimdan xursandman. Avval o'z oldimga guruh bosqichidan chiqish vazifasini qo'ygandim. Mana hozir uchinchi o'rinni qo'lga kiritdim. Bundan juda ham xursandman. Turnirni alo darajada o'tkazildi. Tashkuilotchilarga rahmat aytaman. Minsk shahriga borishim bilan besh yulduzlik mehmonxonadan joy ajratib berishdi. O'zbekistondagi barcha yaqinlarim meni qo'llab-quvvatlab turgani uchun mana shu darajaga erishdim. musobaqaga tashrif buyurgan OAV vakillari va turnir ishtirokchilari hayron qolishdi. qanday qilib 37 yoshda bunday natija qayd etish mumkin deya savol berishdi.

 Xullas guruhdan chiqish vazifasini bajardim va navbat keyingi bosqichga keldi. Ushbu bosqichda raqibimni 3ta o'yin natijasiga ko'ra, 3:1, 3:4, 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdim. Biroz charchoq alomati sezildimi yoki omad etishmadimi yarim finalda Belarusiyalik kiberfutbolchiga 1:4, 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydim va uchinchi o'rinni qo'lga kiritdim. Minskdagi musobaqada FIFA 18 o'yinini qanday o'ynash kerakligini tushundim. Bu musobaqa men uchun o'ziga yarasha maktab vazifasini o'tab berdim. Endi bu erda ko'rib o'rganganlarimni shogirdlarimga ham o'rgataman. Meni qo'llab-quvvatlab turganlarga yana bir bor rahmat aytaman. ishonchinglarni oqladim, deb o'ylayman", - deydi Abdusapi Qayumov.




Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика