Kiberfutbol. “PROJECT X” musobaqasi g'olibi “Bunyodkor” klubi azosi
19 apr 2017 14:12
Yangiliklar
Kiberfutbol. “PROJECT X” musobaqasi g'olibi “Bunyodkor” klubi azosi
Avval xabar berganimizdek O'zbekiston virtual sport o'yinlari va kiberfutbol federaciyasiga qarashli “UzArena”da O'zbekistonlik eng kuchli kiberfutbolchilar orasida “PROJECT X” musobaqasi 3 kun davomida bo'lib o'tishi haqida malumot bergandik. Kecha ushbu musobaqa o'z nihoyasiga etdi. Turnirda “Bunyodkor” futbol klubi kiberfutbolchisi Muhammadamin Turg'unboev g'olib bo'ldi.
Ikkinchi o'rinni “Qo'qon-1912” klubi azosi Dilshod Matyakubov qo'lga kiritgan bo'lsa uchinchi pog'onani “Metallurg” klubi kiberfutbolchisi Server Kerimov qo'lga kiritdi. Afsuski ushbu musobaqada “Lokomotiv” klubi kiberfutbolchisi O'ktam Ibragimov to'rtinchi o'rinni egalladi va kuchli uchlikka kira olmadi. Ushbu musobaqada qolgan to'rtta o'rinni Qahramon Solixboev, Anvar Emilien, Jamshid Jo'raqulov va federaciya prezidenti Azizbek Pattaxov egalladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar