Kellini faoliyatini yakunlash niyatida emas
30 may 2022 19:37
Yangiliklar
Kellini faoliyatini yakunlash niyatida emas
“Yuventus”ni tark etgan Jorjio Kellini professional faoliyatini yakunlash niyatida emas.
Futbolchi o'zini yangi jamoada sinab ko'rmoqchi ekanligini aytdi. Uning xizmatlariga MLSning ikki klubi - "Vankuver Uaytkeps" va "Los-Anjeles Gelaksi" qiziqish bildirmoqda.
"Yuventus" menga ko'p narsa berdi, men jamoadan qarzdorman, lekin endi men nafaqat futboldan, balki shaxsiy hayotimdan ham zavqlanadigan yangi joyga borishni xohlayman", - deydi italiyalik himoyachi.
Eslatib o'tamiz, Kellini Turin klubi bilan shartnomasi tugashiga yana bir yil qolganiga qaramay, "Yuventus"ni tark etishga qaror qildi. Agar Italiya terma jamoasi Qatardagi jahon chempionatiga yo'l olganida, Jorjio yana bir mavsum klubda qolgan bo'lardi.
Fikrlar