Kecha Pro-ligada o'ynagan "Nurafshon" bugun "So'g'diyona"ga qarshi bahs olib boradi

Mirjalol Normatov
30 iyun 2018, 12:27
Bugun "Nurafshon" va "So'g'diyona" jamoalari o'rtasida sinov-nazorat uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Ayni damda Pro-liganing B guruhida yetakchilik qilayotgan "Nurafshon" jamoasi kecha liga doirasida Farg'onada "Iftixor" jamoasiga mag'lub bo'lgandi, 1:2. "So'g'diyona" esa kecha 2-liga vakili "Oq-Tepa" jamoasini 7:3 hisobida dog'da qoldirgandi.

"Nurafshon" - "So'g'diyona" uchrashuvi bugun soat 18:00da poytaxtdagi "To'qimachi" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia