So’nggi yangiliklar

01:48Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" билан шартнома муддатини узайтиришга яқин  2 01:23Александр Крестинин: "Биз "Локомотив" номли санатория эмасмиз"  3 01:11Максим Шацких: "Декабргача турнир жадвалига умуман қарамайман  10 00:50Виталий Левченко: "Йўқ жойдан очко йўқотдик. Ёзги трансферлар ойнасида маҳаллий футболчиларни ўз таркибимизга қўшиб олишимиз мумкин"  8 00:20Гринвуд Франция чемпионатига йўл олиши мумкин, музокаралар бошланди  0 23:43Германия терма жамоаси футболчилари Евродаги мукофот пулларининг салмоқли қисмини уйсизларга ёрдам бериш учун хайрия қилади  1 23:26"Ювентус"нинг ўтган мавсум гол уролмаган ҳужумчиси А Сериянинг бошқа клубига ўтади  0 23:07Илёс Зейтуллаев: "Мен жойимдан қўрқмайман. Эртага нима бўлишини билмаймиз"  6 22:55Кроос Евро-2024'да яриммайдонлар оралиғида ҳамда аниқ паслар бўйича энг яхши натижани қайд этмоқда  2 22:34"Реал Мадрид" посбони Евро-2024 гуруҳ босқичининг энг ёмон дарвозабони деб топилди  1 22:18Суперлига. "Пахтакор" — "Бунёдкор" 1:0. Highlights  1 22:13Суперлига. "Нефтчи" — "Локомотив" 1:1. Highlights  2 21:56Суперлига. "Пахтакор" "Тошкент дербиси"да "Бунёдкор"ни кичик ҳисобда мағлуб этди  61 21:55Суперлига. "Нефтчи" ўз майдонида "Локомотив"ни юта олмади   38 21:25"Бавария" клуби "Байер" сафида чемпион бўлган футболчиси билан шартнома муддатини узайтирди  0

“KECHA, BUGUN, ERTAGA”. Tachmurod Agamurodov bilan “Milan”, “Paxtakor” va Xirosima-94 haqida (1-qism) Yangiliklar

“KECHA, BUGUN, ERTAGA”. Tachmurod Agamurodov bilan “Milan”, “Paxtakor” va Xirosima-94 haqida (1-qism)

4 yillik tanaffusdan so'ng mazkur loyihani tiklashga qaror qildim. “Kecha, bugun, ertaga” loyihasida men ko'proq o'zim yaqindan tanigan futbol ichidagi kishilarga murojaat qilaman.

Intervyu ko'rinishdagi bu janr uchun chaqiradigan qahramonim haqida ko'proq axborotga ega bo'lishim lozim. SHundagina odatiy savollardan qochgan holda o'quvchilar uchun qiziq axborotni olish imkoniyatiga ega bo'laman. Agamurodovning O'zbekistonga kelganiga 17 yil bo'ldi.Roppa-rosa 10 yil avvalshaxsan taniy boshladim. U bilan suhbatimiz tarixiy voqealarni yod olish bilan ham qiziq bo'ladi deb o'ylayman. Loyihaga chaqiradigan mehmonimni har safar ogohlantiraman, barcha ishingizni tashlab kelasiz! Turkmanistonlik mutaxassis bilan kechgan suhbatimiz naqd 4 soat davom etdi.SHamakovich bilan suhbat qurganimga 2 haftadan ziyod vaqt bo'lgan bo'lsada uni qog'ozga tushirishga erinchoqlik qilayotgandim. Muborak safariga ketar ekanman, 3.5 soatli poezddagi yo'lni ijodga bag'ishladim.

Xirosima-94, “Milan” va “Paxtakor” klublari bilan bog'laydigan xotiralarni quyida o'qishingiz mumkin.

Bugungi murabbiylarimizning eng og'riqli nuqtasi deb bilaman, ular futbolchilik faoliyatini davom ettira turib “S” va “B” licenziyalarini amaliyotsiz oladilar. Faoliyatni tugatibasosiy tarkibda yordamchi murabbiy sifatida ish boshlayaptilar. Aslida barchasi bosqichma-bosqich bo'lishi kerak, amaliyot o'z vaqtida o'tilishi kerak. Agamurodov faoliyatini bolalar futbolidan boshladi. U 1983 yil Ashxoboddagi sport internatining futbol bo'limi ochilishida shijoat ko'rsatdi. Keyinchalik 1974 yilda tavallud topgan futbolchilarga bosh murabbiy etib tayinlandi. Endigina 8-sinfga o'tgan futbolchilarningmuvaffaqiyati chakki bo'lmadi. Internatlar sobiq Ittifoqo'smirlar terma jamoasi o'zagini tashkil qilish uchun ochilgandi. Ayniqsa internatlar o'rtasida bo'lib o'tadigan sobiq Ittifoq ligasi, terma jamoaga eng munosib futbolchilarni etkazib berishda xizmat qilardi. “Futbol va xokkey” jurnali bosh muharririning taklifi bilan tashkil qilingan “Perepravo” musobaqasi eng katta musobaqa edi. Markaziy Osiyo bosqichida, Toshkent, Olma Ota, Andijon, Ashxobod, Dushanbe kabi shaharlar tarbiyalanuvchilari qatnashadigan musobaqaning so'nggisi1991 yil o'tkazilgan bo'lib, unda aynan Agamurodov boshqaruvidagi tarbiyalanuvchilar Markaziy Osiyo bosqichida g'alaba qozonib final yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Kiev, Dnepr, Moskva, Tbilisi kabi kuchli internatlardan tashkil topgan hal qiluvchi o'yinlarda ashxobodliklar g'alaba qozona olgan edilar.



- Keyinchalik sizga muvaffaqiyat keltirgan 1974 yilgi avlod vakillarini qay tarzda yiqqan edingiz?
- O'zbekistonga nisbatan solishtirsangiz Turkmanistonda futbolga bo'lgan etibor katta bo'lmagan. SHuning uchun ota-onalarga farzandlarini internatga berishga ko'ndirish oson bo'lmagan. U paytlar internat degan jumla qo'pol eshitilardi. Hech kim farzandini begona qo'lga berib qo'yishni istamasdi. SHu tomondan qiyinchilikka uchraganmiz. “Perepravo” musobaqasini qo'lga kiritishimizda ukrainaliklar yordam berib yuborganlar. CHempionat ko'rinishida o'tkazilgan musobaqaning so'nggi turida Dnepr va Kiev internatlaridan qay biri g'alaba qozonsa chempion bo'lardi, lekin ular o'rtasida kechgan derbida durang qayd etildi va biz bir ochko ilgarilab chempionlikni qo'lga kiritdik.

- Internatdagi faoliyatingizni yakunlab “Nebitchi”ga o'tdingiz.
- Bu katta futbolga tashlangan ilk qadam edi. Tarkibni esa esa yoshlardan tuzishga qaror qildim va o'zim ishlagan internat direktori bilan gaplashib tarbiyalanuvchilarimizni olib keldim. 17-18 yoshli futbolchilar bilan ikkinchi davrada Markaziy Osiyo ligasida jiddiy bosh og'riq bo'ldik. Asosiy raqibimiz Toshkentning “Traktor” jamoasi edi. Afsuski keyinchalik bizda moliyaviy qiyinchiliklar kelib chiqdi, natijada g'oliblikni qo'lga kirita olmadik. Undan keyin o'zgarish davri bo'ldi. Turkmaniston alohida davlat sifatida qayd etilgach o'z milliy chempionatimizga ega bo'ldik. “Kopetdog'” mamlakatning eng kuchli jamoasi edi. Ularga qarshi bahslashish oson bo'lmagan. SHuning uchun ikkinchi o'rinni oldik. Keyin uyga qaytishga qaror qildim. Ashxobodga qaytgach o'z klubimni tuzdim, bu “Nisa” jamoasi edi. Klub poytaxtda bo'lgani uchun “Kopetdog'”ga qarshilik qilish osonlashdi. Undan tashqari sport internatida tarbiyalagan futbolchilarimiz etilib ulgurgandi. Bu paytga kelib “Kopetdog'”ning ishlari orqaga keta boshladi. Sobiq Ittifoqni ko'rgan futbolchilarning Turkmaniston chempionatida jilovlay olish qiyinlashdi. Menga esa Eron klubidan taklif tushdi. Bu borada federaciya vakillarini ogohlantirgani borganimda, ular yaxshisi “Kopetdog'” bilan shug'ullanishimni aytishdi va men yana o'z yurtimda qoldim.



DARVOZABON VA QO'LQOPSIZ O'TGAN TO'QNASHUV
- Unga qadar Turkmaniston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida Xirosimada bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlarida qatnashdingiz. Bu musobaqa biz uchun muvaffaqiyatli yakunlangandi.
- Birodar Hasanovich bu voqeani eslaydilarmi, yo'qmi bilmadim. Anatoliy Bishovec boshqaruvidagi Janubiy Koreyani 1/4 finalo'yiniga borganimda Birodar akaga yarim finalda g'alaba qozonish mumkinligini aytdim. Janubiy Koreya kuchlijamoa edi. Qolaversa agar ular chempion bo'lsalar harbiy xizmatdan ozod bo'lardilar. O'yinni esa maydondakuzatganman. Juda qiyin g'alalaba. Gol ham esimda, autdan to'pni Azamatga tashlab berishdi va u kuchli zarbbilan omadli golini urdi. O'sha kuni SHeykin tomonidan kuzatilgan harakatlarni ko'rsangiz edi. Finalda O'zbekiston qiyinchilikka uchramadi.

- Turkmaniston terma jamoasi chorak finalda bizga mag'lub bo'lgandi...
- Aslida musobaqaga boshqa murabbiy borishi kerak edi. Ammo uning oilaviy muammolari chiqib men vaqtincha bosh murabbiy etib tayinlandi. Jamoani deyarli bilmasdim. “Kopetdog'” futbolchilari negizida tuzilgan terma jamoa ikkiga bo'linib Tokiogacha etib olishi kerak edi. Aniqrog'i men va 11 nafar futbolchi Ashxobod – Moskva, qolgan futbolchilar esa Toshovuz – Moskva yo'nalishida uchib, Moskvada birlashib Tokioga uchishimiz kerak edi. Buni qarangki, Toshovuz reysi 2 soatga kechikdi va biz Tokioga 11 kishi bilan uchdik. Ikki nafar darvozabonimiz esa Toshovuz reysida edilar. Yaxshi hamki formalar o'zimiz bilan. Mendan boshqa hech kim yo'q. Na shifokor, na mamur. Hattoki formamiz terma jamoaniki emasdi. “Kopetdog'”logotipi tushirilgan forma. Nima bo'lsa bo'ldi, komissiyaga bordim. Tashkilotchilar menga o'yinni bekor qilishni taklif qilishdi. Raqib esa Xitoy! Bolalar ham nima qilishni bilmaydi, yirik hisobda mag'lub bo'lib sharmanda bo'lishdan uyalishardi. Qizig'i bizda darvozabon uchun qo'lqop ham yo'q (kuladi). O'yin boshlanishi oldidan kim darvozaga tura olishini so'radim. Kichik jarohati bo'lgan Mingazov bu majburiyatni o'z bo'yniga oldi. O'yinoldi chigal yozdi mashg'ulotda bir jurnalist kelib nima uchun futbolchilar kamligi va darvozabonda qo'lqop yo'qligi bilan qiziqdi. Vaziyatni tushuntirdim. O'yin boshlandi. Bechora darvozabonimiz to'pni qo'lga ushlab qola olmaydi, 90 daqiqa davomida qo'lqopsiz zarbalarni bir amallab qaytarib turdi. Eng qizig'i, hisobni biz ochdik, Xitoy esa penaltidan tenglashtirdi. Yakuniy natija 2:2. Kechga yaqin qolgan futbolchilar etib kelishdi, internet yo'q-ku hali? “Natija nima bo'ldi?” deb so'rashardi, biz xotirjamlik bilan 2:2 deymiz, ular hayron. Qanday qilib, darvozabon yo'q edi-ku!

- Qiziq holat bo'lgan ekan, biz ham terma jamoamizni forma voqeasi bilan yaxshi eslaymiz. “Nisa”dan ketganingizdan keyin Qurbon Berdiev ish boshlagandi, uni o'z o'rningizga qo'yganmidingiz? “Paxtakor” va “Nisa” o'rtasida bo'lib o'tgan qita klublar chempionatini eslaysizmi? Ashxobodda 5:0, Toshkentda 6:0 bo'lgan edi.
- “Paxtakor”ning tarkibi zo'r edi. Ashxoboddagi o'yinni stadionda kuzatgandim. Birdaniga 5ta gol “Paxtakor” darvozasi tomon urilgan. Keyin Toshkentda 6ta. Bu voqeani eslashni ham istamayman to'g'risi.



“MILAN” VA SHEVCHENKO
-“Paxtakor” erasi boshlanishi arafasida Sizga taklif bilan chiqishdi, ammo undan sal avvalroq siz “Milan”da malakaoshirib qaytgan edingiz, shu yillarni eslasak.
- U paytlari "Yutub" bo'lmasdi, biron narsani ko'rib o'rganay desangiz. Biz asosan amaliyotda o'z malakamizni oshirardik. Katta-katta musobaqalarda murabbiylar o'zaro axborot almashardik, suhbatlashibkeyin maydonda qo'llardik. Amaliyot kuchli bo'lgan. Men to'xtab qolishni istamasdim. O'z ustimda ko'p ishlardim. Qanday mashg'ulot bo'lmasin kattalar o'tadigan, tomosha qilishni yaxshi ko'rardim. Diplomni ham Mosvada oldim. 1999 yil Moskvadagi oliy mahorat maktabida imtihonlarimiz yakunlangandan keyino'qituvchilarimiz o'sha payt gullab turgan “Milan” jamoasiga amaliyot tashkilot qilib berishi mumkinligini aytishdi. Bu imkoniyatni qo'ldan boy bera olmasdim. Barcha xarajatlar o'zimizdan bo'lgani uchun borish istagida bo'lganlar ko'p bo'lmadi, men va rus hamkasbim.

- Bir chiziqli himoyani ham o'sha erda o'rgandingizmi?
- Bu haqda malumotga ega edim, lekin uni qanday to'g'ri yo'naltirishni bilmay turgandim. Evropa buni qo'llaganiga ancha bo'lgandi, ular xato narsani amaliyotda ishlatmasdi. SHubhalarimga amaliyot orqali barham berdim. “Milan” klubi bazasi shahardan 40 km. uzoqda edi. Taksi juda qimmat, nimani sota olsam pul yig'ib ketganman. Elektrichkada mashg'ulotlarga qatnadim. SHevchenko bilan tanishdim, u endigina “Milan”ga o'tgandi. Qaytishda SHamakovich men sizni faqat metrogacha tashlab keta olaman, qolgan yo'lni bilmayman deb kulib xizmatimizni qilgan edi. Eng qizig'i, men mashg'ulotlarda jonli ishtirok etardim. Maldini, Leonardo kabi futbolchilar bilan tanishib olishga ham ulgurdim. Juda samimiy insonlar. Moskvalik sherigim bir hafta kech keldi. Unga qadar tanishlarim ko'payib qolgandi. Bir kun metro yaqiniga kelganida yomg'ir quyib yubordi. Bir payt “Mersedes benc” avtomobili oldimiza kelib to'xtadi. Oyna ochilib, soqolini o'stirib olgan Leanorda ingliz tilida bir nimalar dedi, keyin ispanchada. Men tushunmasdim. Xatti-harakatidan mehmonxonaga tashlab qo'yishni aytayotganini tushunib turgandim. Ming xijolat bilan metroda ketishimizni tushuntirdim. SHunda sherigim, kim bu desa bormi (kuladi). Axir bu Leanordo, jahon chempioni desam. Bamaylixotir nima deydi deng, “ha, men bitta taksichi bizdan pul ishlab olishni istayaptimi debman”, desa bormi (kuladi).

- SHevchenkoga ham boshlanishiga oson bo'lmagan bo'lsa kerak, bu haqda u bilan gaplashganmisiz, menimcha omad ham unga asqotgandi?
- Albatta. Ukrain yigiti uchun Evropaning top klubida o'ynab ketish katta jasaorat edi. Men borgan paytim u kelganiga ko'p bo'lmagan. Uning faqat mehnatlarini ko'rdim. O'z ustida jiddiy ishlardi. Keyin juda yaxshi yigit ham edi, samimiy inson. Gruziyalik tarjimon bor edi: Rizo. Hozir “Dinamo” kiev futbol akademiyasi direktori. O'sha payt u “Inter”da faoliyat olib borgandi. “Dinamo” Kiev bilan aloqasi bo'lgani uchun SHevani “Milan” ko'rigidan o'tishga ko'ndira olgan. SHundan keyin “Milan” rahbariyati Rizoga minnatdorchilik yuzasidan uni ishga oladi, qiladigan ishi dam olish edi.



“PAXTAKOR” ERASINING BOSHLANISHI
- Endi “Paxtakor”ga kelishingiz tarixini aytib bersangiz.
- “Milan”dan  qaytganimdan keyin “Kopetdog'”da bir chiziqli himoya taktikasini qo'llay boshladim. Terma jamoaning negizini tashkil qilgan klub uchun Turkmanistonda raqobatchi yo'q edi. O'yindagi hisoblar juda yirik ko'rinish olardi. Menga terma jamoani ishonib topshirishganda Igor Xomuxani yordamchi qilib oldim. U o'z tarbiyalanuvchim edi. JCH saralash bosqichining birinchi bosqichi Toshkentda bo'lib o'tgandi. O'shanda Iordaniya, Xitoy Taypeyi va O'zbekiston bilan bir guruhdan joy oldik. Saralash bosqichida keyinchalik O'zbekistonga olib kirgan taktikamni qo'llagandim. Afsuski, Mirjalol Qosimovning birgina zargarona zarbasi tufayli 0:1 hisobida yutqazganmiz. Ikkinchi bosqich Iordaniyada bo'lib o'tgan. SHundan keyin terma jamoamiz ko'rsatgan o'yin rahbariyatga yoqqan ko'rinadi, men bilan bog'lanishdi.

- Aynan kim sizga murojaat qilgan edi?
- O'sha paytdagi O'FFning prezidenti Zokirjon Almatovning ruxsatini olgan holda Botir Rahimov meni olimpiya terma jamoasiga taklif qildi. Mening oldimga qo'yilayotgan asosiy vazifa “Akademiya” klubi qoshida yoshlarni jamlagan holda olimpiya terma jamoasini shakllantirish edi. O'zbekistonga kelgach ko'plab jamoalarni kuzata boshladim. Dekabr oyiga kelib taxminiy tarkib malum edi. 1981-82 yillarda tavallud topgan futbolchilarni yig'ishimiz kerak edi. Natijada 1981-84 yillar oralig'ida tug'ilgan yaxshi jamoani bir erga jamlay oldik. Yig'ilgan jamoa bilan BAAda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazishga bordik. Safardan qaytganimizdan keyin “Paxtakor”da o'zgarish bo'lgan ekan. Meni “Akademiya”ga taklif qilgan kishilar “Paxtakor” egasiga aylanishgan edi. “Paxtakor” tarkibi yomon emasdi. Tajribali futbolchilar ko'p edi. Oldimizda ikkita yo'l turardi, yig'ib qo'ygan yoshlarimiz bilan ishlash yoki tajribali futbolchilar bilan. Biz eski “Paxtakor”dan Soliev, Koshelev, Ashurmatov va Qutiboevlarni olib qolgan holda qolganlarga javob berishga majburdik. Bu to'rt kishi atrofiga yoshlarni qo'ydik. Bu futbolchilar hozir sizning ko'zingizga zo'r bo'lib ko'rinayapti. U paytda ular haqida ko'pchilik bilmasdi. Faqatgina Jeparov “Navbahor”da nom qozonishga ulgurgandi. Qiqsqasi deyarli hech kim bizga ishonmagan. Qolaversa yangi taktikaga ham raqiblarimiz miyig'ida kulib qo'ygandilar. 19 yoshli Nesterov Butenkoni zaxiraga o'tkazib qo'ygandi. Raqobat juda kuchli bo'ldi. Barcha asosiy tarkibga kirishni istar edi, chunki hammaning imkoniyati bir xil edi.



- Taktika ham ustunlik berdi?
- Albatta. Eng muhimi futbolchilar bu taktikani mukammal amalga oshira olganlarida bo'ldi.

- O'sha davrdagi afsonaviy “Neftchi” va “Paxtakor” o'rtasidagi “o'zbek klasikosi”ni eslasak. Bugungi yoshlar bu o'yinlarni bilmaydi. Lekin bizning davrda yilning eng yaxshi o'yini bo'lardi. Agamurodov va Sarkisyan o'rtasidagi raqobat qanday bo'lardi?
- Yuriy Vazgenovich kuchli mutaxassis. U har qanday jamoaga qarshi “Neftchi”ni yuqori darajada tayyorlay olardi. Tarkib ham kuchli bo'lardi. Birinchi mavsumda o'z uyimizda g'alaba qozonganmiz, kubokda ham. CHempionat tugashiga 4ta tur qolganida muddatidan avval chempionlikni qo'lga kiritganimiz uchunFarg'onaga o'rinbosarlar bilan borgandik. Futbolchilarimiz shu darajada ko'p mehnat qilgan edilarki, keyingi to'rtta turda g'alaba qozonib mukofot pulini ishlashdan, ko'proq dam olishni istagan edilar. Qolaversa OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritganimiz uchun yangi mavsum biz uchun erta boshlanardi. SHuning uchun ularga mavsum yakunlanmay turib tatil bergandim. Birinchi OCHL barchamiz uchun yangi musobaqa edi.

- Bir yil o'tib qolgan jamoalar ham 4-4-2ga o'ta boshladilar?
- Ha, shunday bo'ldi. Lekin bu erda qiyin bo'lgan. “Kopetdog'”da xato qilsam qimmatga tushmasdi, zaxirada ochkolarimiz ko'p bo'lardi. Lekin O'zbekistonda har qanday xato meni uyga ravona qilardi. SHuning uchun Gochguli Gochgulievni “Paxtakor”ga taklif etganman. Men uni o'zbekistonliklardan yaxshi deb bilmasdim, lekin u taktikani boshqalardan ko'ra ko'proq tushunardi. SHuning uchun uning xizmatiga ehtiyoj sezganman va u Ashurmatov bilan mavsumni chiroyli o'tkazgan edi.


Davomi bor...

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика