Desham Saudiya Arabistonidan takliflar olganini tasdiqladi
11 noy 2025 16:30
Yangiliklar
Desham Saudiya Arabistonidan takliflar olganini tasdiqladi
Franciya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham milliy terma jamoa bilan shartnomasi tugaganidan keyin Saudiya Arabistoni klubi vakillari bilan hamkorlik qilish bo'yicha muzokaralar olib borgan.
Biroq murabbiy "Yuventus"ga qaytishi yoki Braziliya terma jamoasiga tayinlanishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
"Men bazi bir muhokamalarda ishtirok etdim, lekin Braziliya bilan emas. Nomlarni oshkor qilmayman, lekin ular mening holatimni bilishadi", – dedi Desham.
Shuningdek, Desham 2026 yilgi Jahon chempionatidan keyin Franciya bosh murabbiyi lavozimidan ketish qarori, jamoaning turnirdagi natijalaridan qati nazar yakuniy ekanligini takidladi.
Desham 2012 yil yozidan beri Franciya terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Uning boshchiligida jamoa 2018 yilda Jahon chempionatida g'olib chiqqan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar