Desham Saudiya Arabistonidan takliflar olganini tasdiqladi

Sherzod Nurmatov
11 noya 2025
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham milliy terma jamoa bilan shartnomasi tugaganidan keyin Saudiya Arabistoni klubi vakillari bilan hamkorlik qilish bo'yicha muzokaralar olib borgan.

Biroq murabbiy "Yuventus"ga qaytishi yoki Braziliya terma jamoasiga tayinlanishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

"Men bazi bir muhokamalarda ishtirok etdim, lekin Braziliya bilan emas. Nomlarni oshkor qilmayman, lekin ular mening holatimni bilishadi", – dedi Desham.

Shuningdek, Desham 2026 yilgi Jahon chempionatidan keyin Fransiya bosh murabbiyi lavozimidan kyetish qarori, jamoaning turnirdagi natijalaridan qati nazar yakuniy ekanligini ta'kidladi.

Desham 2012 yil yozidan beri Fransiya terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Uning boshchiligida jamoa 2018 yilda Jahon chempionatida g'olib chiqqan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com