Kazemiro "Liverpul" bilan o'yinda olgan jarohati tufayli "Betis"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
07 mar 2023 11:25
Yangiliklar


Kazemiro "Liverpul" bilan o'yinda olgan jarohati tufayli "Betis"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kazemiro Evropa Ligasi 1/8 finali doirasidagi "Betis"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborish ehtimoli bor.
Bu haqda ESPN xabar bermoqda.
Futbolchi Angliya Premer-ligasining 26-turidan o'rin olgan "Liverpul"ga qarshi bahsda (0:7) jarohat orttirib oldi. Kazemiro uchrashuvning 77-daqiqasida almashtirildi.
Tibbiyot xodimlari "Betis"ga qarshi o'yin oldidan Kazemironing holatiga baho berishadi.
"Manchester Yunayted" – "Betis" uchrashuvi 9 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar