Kavani "Manchester Yunayted"dagi debyut golidan so'ng toqqa chiqib ketdi
10 noy 2020 11:47
Yangiliklar


Kavani "Manchester Yunayted"dagi debyut golidan so'ng toqqa chiqib ketdi
"Manchester Yunayted" forvardi Edinson Kavani klubdagi ilk golini tog'da nishonladi.
"Bundan go'zal narsa yo'q, tabiat", - deb yozgan futbolchi ijtimoiy tarmoqda.
33 yoshli Kavani o'zining APLdagi debyut to'pini Angliya chempionati 8-tur doirasidagi "Everton"ga qarshi o'yinda kiritdi.
Eslatib o'tamiz, Kavani MYU bilan erkin agent maqomida 2020 yilning 5 oktyabrida shartnoma imzolagan edi. Bungacha esa 7 yil davomida PSJ sharafini himoya qilgan.
I love you... pic.twitter.com/4fnVpTngIi
— Edi Cavani Official (@ECavaniOfficial) November 8, 2020
O’xshash yangiliklar

Fikrlar