Kassano Maradona va Messini taqqosladi
30 mar 2020 01:12
Yangiliklar


Kassano Maradona va Messini taqqosladi
Italiya terma jamoasining sobiq o'yinchisi Antonio Kassano "Barselona" sardori Lionel Messi va uning vatandoshi, futbol afsonasi Diego Maradona haqidagi shaxsiy fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Maradona 4-5 yil davomida misli ko'rilmagan natijalarga erishgan. Ammo Messi 15 yildan buyon shu ishlarni takrorlab kelayotganini unutmaylik.
U 710ta gol urdi, 300ta samarali uzatmani amalga oshirdi. Messi maydonga tushar ekan, uning jamoasi allaqachon 1:0 hisobida oldinda bo'ladi. Maradonaning muxlislari buni tushunishlari kerak. Oldinda kimdir bor", – dedi Kassano.
Xabaringiz bor, "Real", "Milan", "Inter", "Roma" kabi klublarda to'p tepishga ulgurgan Kassano 2017 yilda faoliyatini yakunlagan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar