Kaseres "Kalyari" bilan shartnoma imzoladi
02 sen 2021 19:23
Yangiliklar


Kaseres "Kalyari" bilan shartnoma imzoladi
Urugvaylik himoyachi Martin Kaseres faoliyatini Italiyaning "Kalyari" klubida davom ettiradi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, urugvaylik klub bilan joriy mavsum oxirigacha shartnoma imzolagan.
Kaseresning oxirgi jamoasi "Fiorentina" edi. U o'tgan mavsumda 31 o'yinda qatnashib, 2 ta gol urgan va 1 ta assist qayd etgan.
SHuningdek, 34 yoshli himoyachi "Yuventus", "Lacio", "Sautgempton", "Sevilya", "Barselona" va boshqa jamoalardagi o'yinlari bilan nom qozongan.
Eslatib o'tamiz, "Kalyari" Italiya A Seriyasida 1 ochko bilan 14-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar