Karrager: "Van Deyk xuddi yosh bolalarga qarshi o'ynayotgandek tasavvur qoldirmoqda"
04 mar 2019 13:47
Yangiliklar


Karrager: "Van Deyk xuddi yosh bolalarga qarshi o'ynayotgandek tasavvur qoldirmoqda"
"Liverpul" sobiq futbolchisi, ayni damda televideniyada ekspertlik qilayotgan Jeymi Karrager "Everton"ga qarshi bahsdan so'ng, qizillar himoyachisi Virjil van Deykning o'yiniga baho berdi.
"Van Deykning "Everton" bilan uchrashuvdagi harakatlari hammani xursand qildi. U APLda mavsum futbolchisi bo'lishi kerak. Hozir bu haqida gapirishga ertadir, ammo van Deyk maydonda bo'lmasa "Liverpul" mag'lub bo'lishi mumkindek ko'rindi.
CHetdan qaraganda, kap-katta erkak yosh bolalar bilan o'ynayotgandek tasavvur uyg'otadi. Virjilga Evropa va Premer-liganing top-futbolchilari qarshi chiqishmoqda, ammo u hammasini oson bajaryapti. Bazida unga haqiqiy imtihon etishmayotgandek tuyiladi" - deydi Karrager.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar