Van Deyk Slotning "Liverpul"dagi ishini yuqori baholadi
28 apr 2025 19:20
Yangiliklar
Van Deyk Slotning "Liverpul"dagi ishini yuqori baholadi
"Liverpul" sardori Virjil van Deyk jamoa bosh murabbiyi Arne Slot haqidagi fikrlarini bildirdi.
Niderlandiyalik murabbiy Angliyaga ko'chib kelganidan keyingi ilk mavsumidayoq "qizillar"ni Premer-ligada chempion qildi. Slot o'tgan yozda o'z ixtiyori bilan ketishga qaror qilgan Yurgen Kloppning o'rnini egallagandi.
"Yurgenning o'rnini bosish – juda mushkul vazifa. Murabbiyimiz va uning shtabi o'z yo'lidan borib, muvaffaqiyatga erishdi. Slot, shubhasiz, har qanday maqtovga sazovor", – dedi Van Deyk.
Yakshanba kuni "Liverpul" musobaqaning yakuniga 4 tur qolganida "Tottenxem"ni 5:1 hisobida mag'lub etib, chempionlikni qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rinda turgan "Arsenal" bilan oradagi farq 15 ochkoni tashkil etmoqda.
Arne Slot debyut mavsumidayoq "Liverpul" bilan APLni yutdi. Yana kimlar bunday natijaga erishgan?
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar