So’nggi yangiliklar

13:33Перес: "Тони Кроосга ўхшашини топиш жуда қийин"  0 12:42Пулишич: "Чемпионлар Лигаси биз учун доим энг муҳим мусобақалардан бири бўлиб қолаверади"  0 11:59"Манчестер Сити" учун АПЛ кейинги ҳафта тугайди, агар..."  10 11:35Луис Энрикенинг шаҳсан ўзи Рэшфордни ПСЖда кўрмоқчи  2 11:12"Ньюкасл" Серхио Рамосга қандай шартнома таклиф қилиши маълум  1 10:44Шкриньяр "Ювентус" билан келишиб қўйди  1 10:19Каррагер: "Жамоа 2-3 йил ҳеч қандай соврин ютмаса ҳам, "Ман Сити" Пепни ишдан бўшатмайди"  3 09:55"Милан" "Эвертон" ҳужумчисини сотиб олмоқчи  1 09:27"Бавария" "Барселона" собиқ вингерига қизиқиш билдирмоқда  1 09:00Флик Ямаль қачон сафга қайтишини маълум қилди  3 08:36Паулу Фонсека: "Бунга ҳаққимиз йўқ!"  0 08:11Викарио "Ман Сити"га қарши 60 дақиқа синган оёқ билан ўйнаган  1 07:49"Реал Мадрид" Мартин Субименди учун курашга киришди  0 07:25Венсан Компани: "Яқин йилларда ПСЖнинг қатор футболчилари Месси, Неймар ва Ибрагимович даражасига чиқади"  5 05:05Остон Ўрунов жамоаси Қатар клуби билан муроса кўчасини танлади  0

Karlo Anchelotti: “Real”dan keyin “Bavariya”da ishlash orzum edi” Yangiliklar

Karlo Anchelotti: “Real”dan keyin “Bavariya”da ishlash orzum edi”

Ayni paytda “Bavariya” bilan mavsumni muvaffaqiyatli boshlagan italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti Ispaniyaning “AS” nashriga bergan intervyusida Madriddagi faoliyati mobaynida yuz bergan holatlar xususida ochiq savollarga javob qaytardi.


- “Real”dan so'ng ruhiy tarafdan dam olishingiz zarurmidi?

- Ruhan – yo'q. Futboldan hech qanday bosim sezmayman. SHug'ullanayotgan narsam menga yoqadi va shu tarzda imkon qadar uzoqroq ishlashda davom etaman. “Milan”ga borishim mumkin edi, ammo bu yaxshi fikrdek tuyulmadi.

- Myunxenda sizga nima maqul keldi?

- Buyuk klub, ajoyib muhit va yaxshi hayot tarzi. Meni ajablantiradigan biror narsa yo'q.

- Madridni sog'inyapsizmi?

- Birgalikda bir necha fantastik yillarni o'tkazdik. Odamlar menga hamisha ijobiy munosabatda bo'lishdi. Lekin endi o'zim uchun yangi qirralarni ochadigan payt keldi: yangi madaniyat, til.

- Nemis tili qanday?

- Men uchun u chinakamiga juda qiyin. Aynan shu sababli Vankuverda o'qishni boshlagandim.

- Murabbiyning hayoti Krishtianu Ronaldusiz yanada qiyinlashadimi?

- Krishtianu bilan juda yaxshi munosabatda edim. U CHempionlar ligasini yutishda sezilarli yordam berdi. Biroq hozir boshqalar singari u “Real”da va biz uchun raqib. Har bir jamoa qahramonlariga ega. Madrid klubida Krishtianu Ronaldu, Serxio Ramos, Toni Kroos, Luka Modrich, Karim Benzema shunday – ular rostdan ham kuchli futbolchilar. Hozir boshqa jamoani boshqaryapman, ammo ishim avvalgidek qolgan. Maqsadim – o'yinchilar bilan yaxshi munosabatda bo'lish. U Krishtianu yoki Levandovski bo'ladimi, farqi yo'q.

- Florentino Peres siz bilan Xabi Alonsoning sotilishi haqida gaplashganmidi?

- Ha, albatta, u mendan so'ragandi. Bu futbol masalasidan ko'ra shaxsiy savol bo'lgandi. Xabi yangi tajriba olish uchun klubni tark etmoqchi ekanini aytdi. Kroosni qo'shib olishimiz sababli uning transferiga rozi bo'ldim.

- Zinedin Zidanning “Real” murabbiyi sifatida muvaffaqiyatni qanday tushuntirasiz?

- Kimdir murabbiylik faoliyatini boshlaganda uning mavqei katta ahamiyat kasb etadi. O'tmishdagi ishlaringiz uchun hurmatli bo'lishga Zidan misol bo'ladi. U bilan shunday holat ro'y berdi. SHundan keyingi har bir kun murabbiy uchun imtihondir. O'yinchilar senga qaraydi, nima gapirishingni tinglashadi va ularga yoqsang, hammasi joyida bo'ladi. Aks holda, murabbiy sifatida hurmatni yo'qotasan. Zidanda obro' va shu bilan birga bilim bor. U barchasini juda yaxshi bajarmoqda.

- Murabbiy uchun nima muhim – obro'ga ega bo'lishmi yoki bilimmi?

- Men uchun eng muhimi – o'yinchilar bilan muloqot.

- “Real” futbolchilar bilan munosabat borasida faoliyatingizdagi eng qiyin jamoa bo'ldimi?

- Yo'q, unday emas. O'yinchilar bilan doim birgalikda ish olib borganman. Bu eng yaxshi tajribaga aylandi, erishgan narsalarimizga birgalikda etishdik. Eng qiyin narsa – futbolchilarga g'oyangni etkaza olmaslik yoki uning o'yinchilarga maqul kelmasligi.

- Madridga klub va Joze Mourino o'rtasida keskin munosabat yuz berganda kelgandingiz.

- Murabbiyda top-klubda 2-3 yildan iborat ish davri bo'ladi. Mourinodan farq qilaman, lekin “CHelsi”, PSJ va “Real”da ikki yildan ishladim. Hamisha yutishni istaydigan katta jamoada bu davr unchalik uzoqqa cho'zilmaydi.

- Zidan bilan ko'p suhbatlashasizmi?

- Ko'p emas. U bilan ko'p yozishmaymiz, ammo o'rtamizdagi munosabat juda yaxshi. “Real”da Zidan menga katta yordam berdi va u klubni juda yaxshi biladi.

- Xamesning maydon markazida Kazemiroga almashtirilishi Zidan qabul qilgan eng muhim qarormi?

- Zidanning eng yaxshi harakati CHempionlar ligasidagi g'alaba bo'ldi. Bu yuz bergan ekan, demak, u rostdan yaxshi ish olib bordi.

- Rafael Benites tarkibda Kazemironi tushirishni boshladi. Biroq “Klasiko”da uni o'yin boshidan tushirmadi va jamoa 0:4 hisobidagi mag'lubiyatni qabul qilib oldi.

- Bu to'g'risida mendan so'ramang. Men mavsumni yarim himoyada Modrich, Xames va Kroos bilan o'ynadim hamda g'alabali seriyamiz 22 o'yindan iborat bo'ldi. Muvaffaqiyatlarda o'sha futbolchilarning hissasi yuqori edi. Bu o'yinchilarning faolligiga bog'liq. “Siti”da Gvardiolaning ishiga qarang. U to'rt hujumkor yarim himoyachi va bir hujumchi bilan o'ynab, barcha uchrashuvlarda g'alabaga erishyapti. Men CHempionlar ligasini Modrich, Di Mariya, Beyl, Krishtianu va Benzema bilan yutgandim.

- Di Mariyani sotishni Florentino Peres taklif qilganmi?

- Yo'q, barcha ishlarni birgalikda amalga oshirganmiz. Bu borada biror narsadan chetda qolmaganman.

- Xamesning o'yinidagi pasayish sizni hayron qoldirdimi?

- Bu ozroq ajablantirgan. Lekin u juda yosh va bunday paytda barchasi silliq ketavermaydi. Bazi muammolarga duch kelish mumkin, ammo har uchrashuvda o'ynamasang ham kurashishda davom etish muhim. “Real”da o'ynash qiyin, chunki bu erda o'yinchilar orasida katta raqobat mavjud.

- Nega Peres sizni qo'yib yubordi?

- CHunki mavsumning ikkinchi yarmida ishlarimiz unchalik yurishmadi.

- U sizga nima dedi?

- Bu shaxsiy masala, lekin Florentino men bilan hamisha sofdil bo'lgan. Bahs yuzaga kelmasligi uchun biror narsa deyishni istamayman. “Real”ga kelganimda bir kun kelib klubni tark etishimga to'g'ri kelishini bilardim. Murabbiy uchun “Qirollik klubi”dagi tajriba mukammallikdir, buning uchun Peresdan minnatdorman. U meni taklif qildi va biz “Desima”ni qo'lga kiritdik. Ketish ishning bir qismi ekanini ancha avval tushunganman. “Real” haqida o'zim bilan birga ishlagan ishchilardan tortib prezidentgacha yoqimli xotiralar qoldi. Madriddan keyin “Bavariya”ni boshqarishni orzu qilgandim va hozir aynan shuni amalga oshiryapman.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика