So’nggi yangiliklar

12:50ФИФА рейтингида етакчилик қилаётган Бразилия футзал терма жамоаси ҳақида нималар маълум?  1 12:23Барчанинг иштаҳасини очиб юборган 8.5 та ўрин, биз ёлғиз эмасмиз!  5 12:07Пике Ламин Ямалнинг майдондаги хатти-ҳаракатларини эътироф этди   1 11:40Хоселу: "Карвахаль "Олтин тўп"га лойиқ"  1 11:16Яқин ўтмиш юлдузи Хуан Мата "яшил қитъа"га йўл олди  1 10:55Футзал. Бугун дунёнинг энг кучли термасига қарши баҳс олиб борамиз  7 10:27Футзал. Парагвай терма жамоаси Тошкентга етиб келди  2 09:55Жаҳон чемпиони Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин  14 09:26"Реал Мадрид"нинг яна бир асосий таркиб футболчиси ФИФА кунларида жароҳат олди  7 09:10Миллатлар лигаси. Португалия - Хорватия, Роналду терма жамоа сафидаги 131-голини урди  3 08:58Дахшатли нархлар. "Барселона" мухлисларга футболкаларни тарихдаги энг қиммат нархларда сотмоқда   4 08:30ЖЧ саралаши. Аргентина - Чили, Аргентина ўз уйида йирик ғалаба қозонди, Ди Мария терма жамоа билан хайрлашди  4 08:26Машариповнинг голи, Юсуповнинг қаҳрамонлиги. Ўзбекистон - КХДР учрашувидан ГАЛEРEЯ  3 07:59Роналду: "Португалиянинг Евро-2016даги ғалабаси жаҳон чемпионатидаги ғалабага тенг"  32 07:28Миллат қаҳрамонлари! ФИФАнинг энг кучсиз жамоаси тарихида илк бор расмий учрашувида ғалаба қозонди  8

Karantinda ko'rish uchun tavsiya etiladigan "Bolonya"ning eng sara 10 o'yini Yangiliklar

Karantinda ko'rish uchun tavsiya etiladigan "Bolonya"ning eng sara 10 o'yini

Mana necha kundirki koronavirus bizni katta futboldan ayirdi.

Bunday vaziyatlarda "arxivga" murojaat qilmasdan boshqa yo'l yo'q. Etiboringizga, moliyaviy imkoniyatlari bilan maqtana olmasa-da, ajoyib futbol namoyish etadigan jamoaning eng sara o'yinlari ro'yxatini taqdim etamiz.

1. "Milan" - "Bolonya" 1-2
Mavsum-2008/09
Nega ko'rish kerak: Valianining goli

"Milan" o'zining yangi yulduzi — Ronaldinoni keng ommaga ko'z-ko'z qilgan ilk uchrashuv. Braziliyalikning A Seriyadagi birinchi uchrashuvi aynan "Bolonya" bilan bellashuvga to'g'ri keldi. "Rossoneri" tarkibida yulduzlar juda ko'p edi: Maldini, Pirlo, Ambrozini, Zeedorf, Indzagi, zaxiradan o'yinga Pato va SHevchenko o'yinga qo'shilgan. "CHelsi"dan ancha tushkun holda qaytgan ukrainalik super-forvard, yana bir vaziyatda qanday qilib gol ura olmaganini tushuna olmay, Istanbul finali (ECHL) overtaymidagi noaniq zarbasini xotirlardi. Lekin "Bolonya" muxlislarini boshqa narsalar tashvishga solardi, Marko Di Vayo jamoa tarkibidagi birinchi golini urishga muvaffaq bo'lgan bo'lsa, Franchesko Valiani noyob zarba bilan g'alaba to'pini kiritgandi. Yarim himoyachi oldida sakrayotgan to'pni Abbyatti qo'riqlayotgan darvozaning to'qqizligiga chamasi 30 metrlardan joylab qo'ydi.

2. "Bolonya" - "Roma" 1-1
Mavsum-2008/09
Nega ko'rish kerak: Mixaylovichning birinchi o'yini

"Bolonya" o'sha o'yindan avval jamoani A Seriyaga olib chiqqan Daniele Arrigonini istefoga chiqardi. Boshqaruvni Sinisha Mixaylovich o'z qo'liga oldi. Yangi joyga moslashishdan tashqari, murabbiy yo'qotishlar bilan ham kurashishi talab etilardi. Jamoaga etakchilar Kastellini, Volpi va Amorozo yordam bera olishmasdi. "Bolonya" tashabbusga ega edi, lekin Tottining goli vaziyatni qiyinlashtirib yuborishi hech gap emasdi. Biroq Di Vayoning zarbasidan keyin to'p Sisinoga tegib yo'nalishini o'zgartiradi. Bu mezbonlarga nafaqat hisobni tenglashtirishga, balki ruhan ham yordam berdi.

3. "Yuventus" - "Bolonya" 1-1
Mavsum-2009/10
Nega ko'rish kerak: Adailton goli

Malum sabablarga ko'ra, internetsiz qolgan futbol muxlisi o'yin natijalarini qaerdan bilishi mumkin? Albatta "Evronyus" telekanalidagi xabarlardan. O'yinni ko'ra olmagan, natijasini ham bilmagan ishqiboz "Yuventus" o'z maydonida "Bolonya"ni enga olmaganini ko'rsa, bir soniyaga bo'lsa-da, hayron bo'lishi turgan gap. "Bolonya" o'sha uchrashuvda noodatiy ravishda yashil rangli formada harakat qilardi va o'yinning so'nggi daqiqalarida "keksa sinora"ni qamal qilishga muvaffaq bo'ladi. Muhim golni esa havodagi kurashda himoyachidan ustun kelgan hamda to'pni Buffon eta olmaydigan nuqtaga yo'llagan Adailton o'z hisobiga yozdirib qo'yadi.


4. "Jenoa" - "Bolonya" 3-4
Mavsum-2009/10
Nega ko'rish kerak: Adailton xet-triki
 

Futbol uchrashuvi emas, haqiqiy triller. Yomg'ir armonsiz quygan kechada "Marassi" stadionida o'tgan bellashuvda mezbon "Jenoa"ning asosiy umidi "Bolonya"ning hozirgi etakchilaridan biri Rodrigo Palasioga bog'langandi. Umuman olganda, 1997 yilgi yoshlar o'rtasidagi Jahon CHempionatida Braziliya termasi safida porlagan, hujumchi Adailton shu kecha maydonda borini berib harakat qildi. Braziliyalik forvard bir emas, ikki emas uchta gol urishni uddladi va "Bolonya" Genuyadan jon saqlashda o'ta muhim bo'lgan uch ochkoni olib ketadi.


5. "Yuventus" - "Bolonya" 0-2
Mavsum-2010/11
Nega ko'rish kerak: Di Vayo!

O'sha yillari Italiya chempionatiga bo'lgan etibor sezilarli darajada pasaygandi va A Seriya uchrashuvlari translyaciyasini topish anchagina mushkul vazifa edi. Ustiga ustak, "Bolonya"ning o'yinini. Men o'shandayoq mehmonlarning ashaddiy muxlisi edim va o'yinlarni doimo birga tomosha qiladigan buvamlarga jamoa tarkibida Marko Di Vayo degani bor, u ajoyib futbolchiligini aytdim. Birinchi bo'limni bir amallab tomosha qildim, keyin uxlab qolibman. Ertalab uyg'onishim bilan buvamlarning oldilariga yugurdim va o'yin qanday yakunlanganiga qiziqdim. "Di Vayo 2ta gol urdi, senikilar yutdi 2:0", - dedilar. Odatda futbolchilarni maqtamaydigan buvam ham o'sha o'yindan keyin Marko Di Vayo nomiga iliq so'zlar aytdilar.

6. "Napoli" - "Bolonya" 2-3
Mavsum-2012/13
Nega ko'rish kerak: daho Panayotis Kone

Neapolga kelgan har qanday jamoa qiynaladi va "Bolonya" bundan mustasno. Bu o'yinda nafaqat g'alaba, balki u qanday qo'lga kiritilgani bilan qadrli. Eng avvalo mehmonlarning hujumdagi vaziyatlardan maksimal darajada foydalana olishini qayd etish lozim. Greciyalik Kone chalqancha usulda g'alaba to'pini kiritishga muvaffaq bo'ldi. Mavsum yakunida shu goli evaziga Kone Pushkash sovriniga loyiq ko'rilgan.

7. "Bolonya" - "Milan" 3-3
Mavsum-2013/14
Nega ko'rish kerak: Laksaltning dubli

Diamanti va Laksalt ijrosidagi yorqin uchrashuv. O'sha vaqtlar futbolchi yosh iqtidor sohibi deb hisoblanardi va transfer huquqi "Inter"ga tegishli edi. 3:3 hisobida yakunlangan o'yin mezbonlarning g'alabasi bilan tugashi ham mumkin edi. Biroq to'p Diamantining zarbasidan so'ng darvoza to'siniga tegib qaytadi va uning jarangi "Bolonya" muxlislari quloqlarida ancha vaqtgacha saqlanib qoladi.


8. "Bolonya" - "Napoli" 3-2
Mavsum-2015/16
Nega ko'rish kerak: Destroning dubli

Mezbonlar raqibdan har jabhada ustun edilar va 80-daqiqagacha zo'r o'ynashdi, lekin birdan Iguain o'ziga keladi va "Dall’Ara"ga to'plangan va televizor orqali tomosha qilayotgan muxlislarga hayajonli so'nggi daqiqalarni sovg'a qildi. Mezbonlar safida Mattia Destro ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi va "qizil-ko'klar" safidagi eng omadli uchrashuvini o'tkazdi. SHuningdek, 18 yoshli gvineyalik Amadu Diavara o'zini yaxshi tomondan ko'rsata oldi – yozda esa katta janjallar bilan aynan neapolliklar safiga ko'chib o'tadi.


9. "Lacio" - "Bolonya" 3-3
Mavsum-2018/19
Nega ko'rish kerak: aqlbovar qilmas seyvlar

"Bolonya" uchun so'nggi 10 yillikdagi eng yaxshi oylar boshqacha yakunlanishi mumkin emasdi. Sinisha Mixaylovich kelganidan so'ng jamoa yo'lidan chiqqan raqibni yanchib tashladi. Elitada o'rnini saqlab qolish uchun "Bolonya" Rimda ochko olishi zarur edi va jamoa ilk daqiqalardan oldinga tashlandi. Natijada, tomoshabinlar chinakam shou va Skorupskoning biri-biridan ajoyib seyvlarinining guvohi bo'ldilar. Gollar yomg'iri va bellashuv 3:3 hisobida yakunlandi.


10. "Breshia" - "Bolonya" 3-4
Mavsum-2019/20
Nega ko'rish kerak: dramatik bellashuv




Mixaylovich kasal bo'lib qolgani sababli jamoa amalda bosh murabbiysiz qolib ketgandi, "Bolonya" jiddiy muammolarga duch kelgan va tanaffusga 1:3 hisobida ortda qolayotgan holda chiqib ketdi. Kiyinish xonasidan xuddi boshqa jamoa chiqib keldi. O'yin yakunlangandan keyingina o'yinchilar Sinisha tanaffusda videoaloqa yordamida shogirdlarini "uyg'otgani" va ular oxirgi 10 yillikdagi eng yaxshi g'alabasini qo'lga kirishtagini aytib berishdi. Bellashuv yakunlanishi hamonoq futbolchilar Mixaylovich yotgan shifoxona tomon yo'l olishdi va uning sharafiga qo'shiq kuylab, minnatdorchilik so'zlarini aytishdi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика