So’nggi yangiliklar

06:10"Манчестер Сити" - "Ал Айн" 2:0 (Матнли трансляция)  1 02:36Камолиддин Тожиев: "Ўринбоевнинг таклифи бор. Насиб қилса, у кетади"  0 02:31Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги натижа адолатли бўлди"  0 02:04КЖЧ. 7-дақиқадаёқ бир киши кам бўлиб қолган "Реал" "Пачука"га 3 та гол урди  128 00:35Погба янги клуби деярли маълум  2 23:50Элдор Мойлиев: "Вазиятни ўнглаш учун ютмасак бўлмасди"  2 23:31Февзи Давлетов: "Ўйин қизил карточкага қадар давом этди"  2 23:03КЖЧ. "Ювентус" "Видад"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Йилдиздан дубль  6 22:30Ильгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида навбатдаги ўйинга тайинланди  6 22:05Суперлига. "Шўртан" ўз майдонида бир киши кам "Сурхон" устидан иродали ғалабани тантана қилди  7 22:00Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида бир киши кам бўлиб қолган "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  71 20:58"Атлетико"га Парти керакмас  1 20:14Абдуқодир Ҳусановнинг Беларусдаги мураббийи Тошкентда мастер-класс ўтди  3 19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  1 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0

Karantin tugadi ham deylik, necha kundan keyin o'yinlarni boshlagan maqul? Yangiliklar

Karantin tugadi ham deylik, necha kundan keyin o'yinlarni boshlagan maqul?

"Tezkor studiya" loyihasining navbatdagi sonida ushbu savol ham muhokama qilindi.

Ertami-kechmi karantin bekor qilinadi va barcha yana odatiy ish kuniga qaytadi. Faqat bu erda asosiy savol bor: qachon? Afsuski, bu savolning javobini hech kim aniq aytib bera olmaydi. CHunki biz koronavirus bilan bog'liq vaziyat erta yo indin qanday tus olishini bilmaymiz. SHu bois hamma gap karantin qachon tugashiga qolgan. 


Jamoalarga mashg'ulot o'tkazishga ruxsat berilganidan keyin birinchi rasmiy o'yingacha interval necha kun bo'ladi? 

PFL bosh direktori o'rinbosari Diyor Imomxo'jaev "Tezkor studiya"dagi chiqishi davomida ushbu savolga to'xtalib o'tdi: 

- Bu o'rinda bir narsaga etibor qaratish lozim, karantindan keyin barcha jamoalar bir xil holatda bo'ladi. Hozir hech kim mashg'ulot o'tkazayotgani yo'q. SHu bois karantindan keyin vaqtdan yutqazib qo'ymaslik uchun besh kun - bir hafta etarli bo'ladi deb o'ylayman. Aytaylik, jamoalar mashg'ulotni boshladi va oradan bir o'tib rasmiy bahsda maydonga tushishlari mumkin. 

- CHunki qancha cho'zganimiz sari vaqtdan shuncha yutqazamiz va dekabrga borib qolamiz. Agar vaqtimiz ko'p bo'lib, ikki-uch hafta bersak bu har tomonlama yaxshi bo'ladi. Bu borada qaror chiqarishdan oldin albatta klublar murabbiylari bilan maslahatlashamiz. Barcha murabbiylar bir bo'lib bizga bir hafta etarli emas deyishsa, unda o'yinlarni yana qoldirib turishga majbur bo'lamiz. 

- Menimcha, murabbiylar ham chempionatni tezroq davom ettirish tarafdori bo'lishsa kerak, chunki iyulning issig'ida va dekabrning sovug'ida futbol o'ynagandan ko'ra, tezroq oltin oraliqni topgan maqul. 


Xo'sh, bu borada Qatar qanday qanday yo'l tutishga harakat qilyapti? 

Qatar futbol associaciyasida faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Alisher Nikimbaev qatarliklar rejasi haqida fikr bildirdi: 

- Qatar ham tezroq chempionatni yakunlab olish harakatida. Mashg'ulotlarni boshlab yana o'yinga qaytish uchun ikki hafta kerakligi haqida gap boryapti. Evropada esa bir oy kerak deyishyapti. Bir oy tanaffusmi, demak to'liq tayyor bo'lish uchun yana bir oy kerak deyishyapti. Xullas bu o'rinda o'tkazib yuborilgan har bir kun uchun qo'shimcha bir kun degan gap boryapti. 

- Qatarda ham karantin tugaganidan keyin bu bo'yicha murabbiylar bilan maslahat qilinadi. Lekin hozirgi holatdan kelib chiqib ikki haftadan kam bo'lmaydi. 


Bizning fikr: Yuqorida aytib o'tganimizdek, bu o'rinda hammasi avvalo karantin qachon tugashiga bog'liq. Hozir futbolchilar uyda individual mashg'ulot o'tkazayotgani bilan jamoaviy tarzda shug'ullanishni boshlaganidan keyin o'ylaymizki, kamida 10 kun o'tib Superligani kelgan joyidan davom ettirsa bo'ladi. 

Negaki futbolda eng yaxshi tayyorgarlik bu - navbatdagi o'yin. Bu o'rinda uch haftalik mashg'ulotlar ko'p ham foyda bermasligi mumkin. CHunki har bir futbolchi avvalo rasmiy o'yinga o'zini tayyorlab boradi. Hozircha Superligada 3ta tur o'tkazib bo'lindi va aytaylik, ikki oylik karantindan so'ng taxminan 10 kun oralig'ida chempionatni davom ettirsa bo'ladi. Har holda tez-tez o'tkaziladigan uchrashuvlar jamoalarning o'yin ritmiga yanada tezroq tushib olishiga sabab bo'lishi mumkin. 

X.Xoliqov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика