Kannavarro futbol tarixidagi eng zo'r futbolchi kimligini aytdi
03 may 2020 12:57
Yangiliklar


Kannavarro futbol tarixidagi eng zo'r futbolchi kimligini aytdi
Italiyalik mashhur sobiq futbolchi Fabio Kannavarro futbol tarixidagi eng kuchli futbolchi kimligini aytdi.
"Men uchun Maradona eng zo'ri. Ronaldo esa Maradona darajasiga yaqinlashgan yagona futbolchi. 1997 yilda Ronaldoga qarshi o'ynaganman, o'shanda u faoliyatining eng cho'qqisida edi. O'sha o'yindan men rohat olganman", - dedi Kannavarro.
Qayd etish kerak, Kannavarro 2006 yilda "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan. O'shandan buyon ushbu sovrin himoyachilarga nasib qilmadi. 2006 yili Germaniyada o'tgan mundialda italiyaliklar chempionlikni qo'lga kiritgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar