"Kamp Nou"dan ham katta! Xitoyda eng katta futbol stadioni qurish boshlandi
16 apr 2020 16:29
Yangiliklar


"Kamp Nou"dan ham katta! Xitoyda eng katta futbol stadioni qurish boshlandi
Xitoyning janubida joylashgan Guanjou provinciyasida sig'imi 100 ming atrofidagi o'ringa bo'ladigan eng katta futbol stadioni qurish boshlandi.
Yangi stadionning maydoni taxminan 150 ming k. m. bo'lsa, uning atrofidagi hudud 300 ming kv. m. ni tashkil etadi.
Ushbu sport obektining tepasida "Guanchjou Evergrand" klubiga egalik qiladigan "Evergrand grup" turibdi. Kompaniya ushbu sport majmuasiga 12 milliard yuan (1,69 mlrd. atrofida) sarmoya kiritadi.
Arena egalari stadionning 2023 yilgi Osiyo Kubogiga qadar tayyor bo'lishini kutmoqdalar. Qurilish ishlari 2022 yilning oxirida yakunlanadi.
Kompaniya shuningdek Xitoyda 3tadan 5tagacha bo'lgan sig'imi 80mingdan 100 minggacha bo'ladigan futbol stadionlari quradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar