Kamol Jo'nashev: "UzDongJu"ga qarshi o'yin menga yoqdi"
08 may 2014 10:48
Yangiliklar
Kamol Jo'nashev: "UzDongJu"ga qarshi o'yin menga yoqdi"
Birinchi liganing 8-turidan o'rin olgan "UzDongJu" - "Istiqlol" (1:2) o'yinida mehmonlar g'alaba qozonishdi.
Uchrashuv yakunlangach "Istiqlol" bosh murabbiyi Kamol Jo'nashev bilan suhbatlashdik.
- Bugungi bahs menga yoqdi. O'yinda shogirdlarim berilgan ko'rsatmalarni 70 foizini bajarishga muvaffaq bo'lishdi. Bir tomondan bugun ozgina omad ham biz tomonda bo'ldi deb o'ylayman, - deb gap boshladi Jo'nashev.
- 3 kundan keyin yana bir jiddiy uchrashuvimiz bor. O'zbekiston Kubogi bahslarida Namanganning "Navbahor" jamoasiga qarshi o'ynaymiz. Bu bahsga shogirdlarimni munosib tayyorlashga harakat qilaman.
- “UzDongJu” jamoasi menga juda yoqdi. Birinchi ligada yangilardan bo'lishiga qaramay bizga etarlicha qarshilik ko'rsatishga muvaffaq bo'ldilar. Jamoada bir qancha tajribali o'yinchilar borligini guvohi bo'ldim.
- Bizda shunday vaziyatlar bo'ldiki, jamoamizning bir necha etakchi o'yinchilari jarohat olishganda jamoa mag'lubiyatga uchramoqda. Masalan, avvalgi o'z uyimizda o'tkazilgan 2 uchrashuvda mag'lubiyatga uchradik. O'tgan turda "Qo'qon-1912"ga qarshi bahsda yigitlarim yaxshi harakat qilishgandi. Jamoam bugun yaxshi kayfiyatda to'p surdi. "UzDongJu"ga qarshi bahsdagi g'alaba uchun shogirdlarimga rahmat aytaman.
Komiljon Ikromov yozib oldi.

Fikrlar