So’nggi yangiliklar

00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:34"Интер" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  42 00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  2 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3

“Kaliningrad” stadioni haqida nimalarni bilishimiz kerak? Yangiliklar

“Kaliningrad” stadioni haqida nimalarni bilishimiz kerak?

Bugun, ananamizga muvofiq, Jahon CHempionati-2018 o'yinlari o'tkaziladigan arenalarning eng g'arbiysi “Kaliningrad” stadioni haqida malumot beramiz.

•    “Kaliningrad” stadionida JCH-2018ning 4ta o'yini bo'lib o'tadi
•    Eng g'arbiy arena mundialdan so'ng “Baltika” klubining asosiy stadioniga aylanadi


O'yinlar
“Kaliningrad” stadionida Jahon CHempionati guruh bosqichining 4ta o'yini bo'lib o'tadi. Arenada 16 iyun kuni Xorvatiya va Nigeriya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi. SHuningdek, musobaqada guruh bosqichining eng qiziq o'tishi kutilayotgan o'yinlaridan biri Angliya – Belgiya (28 iyun) o'yini ham shu stadionda bo'lib o'tadi.

Imkoniyatlari

CHempionat vaqtida “Kaliningrad” stadioniga 35 000 tomoshabin tashrif buyurishi mumkin bo'ladi.


Joylashgan o'rni
Yangi arena Oktyabr orolida barpo etilgan bo'lib, u Kaliningrad shahrining markazida joylashgan. Mundial ancha yillardan beri etibor berilmagan orolda ajoyib arena bunyod etilishiga sabab bo'ldi. CHempionatdan so'ng, bu erlarda istirohat bog'i va dam olish maskanlari qurilishi rejalashtirilgan.  

Bilasizmi?

“Kaliningrad” stadioni qurilishida 12 000dan ziyod ustundan foydalanilgan. Stadion aslida 45 000 tomoshabinga mo'ljallab qurilishi kerak edi. Biroq bazi sabablar tufayli arena sig'imi kamaytirildi. Qolgan 11ta stadionlardan “Ekaterinburg Arena” ham 35 000 tomoshabinga mo'ljallangan.



Dastlabki o'yinlar
Boshqa arenalar kabi “Kaliningrad” stadionida ham qizg'in tayyorgarlik ishlari ketmoqda. “Baltika” klubi chempionatning joriy mavsumdagi bir nechta o'yinlarni o'tkazishi rejalashtirilgan.
 
Meros

Jahon CHempionati-2018dan so'ng, ushbu stadion “Baltika” klubining asosiy arenasi bo'lib xizmat qiladi. Stadiondagi tomoshabinlar o'rindig'i “Baltika” klubining rangi kabi “oq-ko'k” ranglarga bo'yalgan.  


"Lujniki" stadioni haqida nimalarni bilishimiz kerak?

“Rostov Arena” stadioni haqida nimalarni bilishimiz kerak? 

"Qozon Arena" stadioni haqida nimalarni bilishimiz kerak?

“Ekaterinburg Arena” stadioni haqida nimalarni bilishimiz kerak?


Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика