So’nggi yangiliklar

11:27Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикасига қарши кураш олиб боради  0 10:53МЮдан навбатдаги юриш. Инглизлар 90 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёр  3 10:25«Барселона» Дани Ольмо бўйича музокараларни бошлади. Каталонияликлар қанча таклиф қилгани маълум  6 09:57«Атлетико» икки нафар Европа чемпионлари билан шартнома тузмоқчи  0 09:28Месси ХХI асрнинг энг яхши спортчилар рейтингининг ТОП-3лигидан жой олди. Роналду эса…  14 09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  2 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  2 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  1 07:37«Манчестер Юнайтед» олти нафар футболчисини сотишга тайёр  3 02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  1 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  2 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  1 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  3 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2

Kalchoning qaytishi: A Seriya 20-tur prevyusi Yangiliklar

Kalchoning qaytishi: A Seriya 20-tur prevyusi

Bugun Italiya chempionatining ikkinchi davra uchrashuvlariga start beriladi.

"Bolonya" - "Inter"

Sinisha Mixaylovichning tarkib bilan bog'liq katta muammolari bor. Futbolchilarning bir qismi koronavirusga chalingan bo'lsa, yana bir qismi jarohatlangan. Barrou va Mbaye esa Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etish uchun terma jamoa safiga borib qo'shilishgan. Bunday vaziyatlarda tajribasi yo'q o'yinchilarga suyanishdan boshqa iloj yo'q. Murabbiyning baxtiga, Marko Arnautovich sog'lom va hujumda, oldingi chiziqda, etakchilik vazifasini bajarishga harakat qilib ko'radi. Indzagi ham muammolar etarli. Jeko biroz kasal bo'lib qoldi, CHalxanoglu esa sariq kartochkalarining soni ortib ketgani tufayli o'yinni o'tkazib yuboradi. Hujumda Sanchesni, maydon markazida esa Vidal va Galyardinidan birini ko'rishimiz mumkin.

Birinchi davrada "Inter" uyda 6:1 hisobida "Bolonya"ni yanchib tashlagandi. Bu gal ham "rossoblu"ga oson bo'lmasligi tayin.

Lekin, so'nggi malumotlarga qaraganda, "Bolonya"ning ko'p futbolchilari kasal ekani tufayli bahs o'tkazilishi so'roq ostida turibdi.

Bologna

Marko Arnautovic - 29', Nicola Sansone - 81'

Serie A . 20-tur

27/04/2022, 23:15

1
:
2
Tugadi

Inter

Ivan Perisic - 3'

Stadion: Stadio Renato Dell'Ara, 26034 tomoshabin

Bosh hakam: Daniele Doveri

45'
90'
29'  Marko Arnautovic
29'  Musa Barrow
55'  Marko Arnautovic
66'  Roberto Soriano (Nicolas Dominguez)
66'  Mattias Svanberg (Michel Aebischer)
77'  Musa Barrow (Nicola Sansone)
81'  Nicola Sansone
88'  Marko Arnautovic (Riccardo Orsolini)
3'  Ivan Perisic
3'  Nicolo Barella
31'  Simone Inzaghi
56'  Nicolo Barella
63'  Nicolo Barella (Alexis Sanchez)
63'  Joaquin Correa (Edin Dzeko)
70'  Federico Dimarco (Danilo D'Ambrosio)
70'  Denzel Dumfries
79'  Hakan Calhanoglu
80'  Denzel Dumfries (Matteo Darmian)
80'  Hakan Calhanoglu (Roberto Gagliardini)


"Atalanta" - "Torino"

Gosens ikkinchi davra uchrashuvlarigacha tiklanib ulgurmadi, undan tashqari esa, Froyler, Sapata va Musso ham o'yinni o'tkazib yuborishadi. Murielga imkon berilishi mumkin, uning ortida esa Pessina va Malinovskiy harakatlanadi. Froylerning o'rnida Kopmeynersni ko'rishimiz mumkin. "Torino"ga haqida gapiradigan bo'lsak, Ayna terma ixtiyoriga topshirilgan, Belotti va Berisha esa hali tiklanib ulgurmadi. SHuningdek, "buqalar" safida Edera bahsda ishtirok etolmaydi. Biroq Voyvoda va Sanarabiyaning kichik og'riqlari o'tib ketdi, ular jamoasiga yordam bera olishi quvonchli xabar. 

So'nggi o'zaro o'yinda "Atalanta" safarda 2:1 hisobida g'alaba qozongandi. Bu uchrashuvda "bergamasklar" favorit hisoblansalar-da, 1-davra bahslarini qiyinchilik bilan yakunlagandilar. SHu sababli ham, yaxshi o'ynashga harakat qilishlari lozim. Ammo "buqalar" ularning hujumiga qarshilik ko'rsatishga ancha qiynalsalar kerak...

Atalanta

Luis Muriel - 18', Marten de Roon - 23', Mario Pasalic - 78', Luis Muriel - 84'

Serie A . 20-tur

27/04/2022, 23:15

4
:
4
Tugadi

Torino

Antonio Sanabria - 4', Sasa Lukic - 36', Sasa Lukic - 63', Remo Freuler - 67'

Stadion: Gewiss Stadium, 10014 tomoshabin

Bosh hakam: Rosario Abisso

45'
90'
18'  Luis Muriel
23'  Marten de Roon
23'  Luis Muriel
35'  Remo Freuler
46'  Berat Djimsiti (Rafael Toloi)
68'  Remo Freuler (Mario Pasalic)
68'  Matteo Pessina (Jeremie Boga)
68'  Giorgio Scalvini (Merih Demiral)
69'  Mario Pasalic
78'  Mario Pasalic
78'  Luis Muriel
79'  Duvan Zapata (Ruslan Malinovsky)
84'  Luis Muriel
4'  Antonio Sanabria
4'  Dennis Praet
31'  Marko Pjaca (Josip Brekalo)
36'  Sasa Lukic
52'  Sasa Lukic
59'  Samuele Ricci (Tommaso Pobega)
63'  Sasa Lukic
67'  Remo Freuler
83'  David Zima
84'  David Zima (Koffi Djidji)
84'  Dennis Praet (Demba Seck)
85'  Antonio Sanabria (Pietro Pellegri)


"Milan" - "Roma"

Pioli uchun asosiy bosh og'riq Ture, Benasser va Kessiening terma jamoalari tarkibiga yo'l olgani bo'ldi, ularsiz oson bo'lmasligi aniq. Vaziyatdan kelib chiqib markaziy zonani Tonalli va Bakayoko egallashadi, hujumda esa Ibragimovich bilan birga Rafael Leao tushiriladi. Mourino uchun asosiy yutuq bu Pellegrinining safga qaytgani bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. Abraxamning bu o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida qolmoqda, asosiy tarkibda SHomurodovni ko'rishimiz ehtimoli yuqori. Sababi jamoaning boshqa bir forvardi Mayoral o'yinni o'tkazib yuborishi aniq.

Jamoalarning oxirgi o'zaro bellashuvi ancha qiziqarli bo'lgan, "Milan" safardan (2-1) g'alaba bilan qaytgandi. Bukmekerlar bu safar ham "rossoneri"ni favorit sifatida ko'rmoqda, biroq biz xulosa qilishga shoshilmaslik kerak degan bo'lardik. "Milan" markaz bilan bog'liq muammolarga duch kelishi mumkin bo'lsa, "Roma" esa aksincha etakchilaridan biri qaytib, qarshi hujumlarda niyatiga etishi mumkin.

AC Milan

Olivier Giroud - 8', Junior Messias - 17', Rafael Leao - 82'

Serie A . 20-tur

06/01/2022, 21:30

1
:
3
Tugadi

Roma

Tammy Abraham - 40'

Stadion: San Siro, 35870 tomoshabin

Bosh hakam: Daniele Chiffi

45'
90'
8'  Olivier Giroud
17'  Junior Messias
44'  Theo Hernandez
56'  Rade Krunic
64'  Rade Krunic (Tiemoue Bakayoko)
64'  Alexis Saelemaekers (Rafael Leao)
77'  Olivier Giroud (Zlatan Ibrahimovic)
77'  Alessandro Florenzi (Andrea Conti)
82'  Rafael Leao
82'  Zlatan Ibrahimovic
88'  Brahim Diaz (Daniel Maldini)
90'  Zlatan Ibrahimovic
7'  Tammy Abraham
18'  Nicolo Zaniolo
40'  Tammy Abraham
44'  Rick Karsdorp
45'  Lorenzo Pellegrini
71'  Matias Vina (Bryan Cristante)
71'  Jordan Veretout (Felix Afena-Gyan)
71'  Lorenzo Pellegrini (Stephan El Shaarawy)
74'  Rick Karsdorp
76'  Tammy Abraham (Eldor Shomurodov)
85'  Gianluca Mancini
85'  Nicolo Zaniolo (Carles Perez)
90'  Gianluca Mancini


"Sassuolo"- "Jenoa"

Boga va Xamid Traore terma jamoalari ixtiyoriga yo'l olishgan, shu bilan birga Jurichich va Peluzo karantin sabab bellashuvni o'tkazib yuboradi. Hujum esa Raspadori, Skamakka va Berrardi ishtirokida kuchga to'lgan. "Jenoa" bosh murabbiyi Andrey SHevchenko ham kasallik sabab o'yinni televizor orqali tomosha qiladi, xuddi shunday sabab bilan Serpe va Krishito ham jamoaga yordam bera olishmaydi. Yana bir qator futbolchilar jarohatlangan va asosiy tarkibda kim tushishini topish qiyin vazifa.

So'nggi bor o'zaro to'qnash kelishganda klublar murosasiz bahsda murosa ko'chasini tanlashgandi (2-2). Bu safar ham biz quvnoq o'yin kutishga haqlimiz. "Sassuolo" kichik ustunlik bilan favorit hisoblanmoqda. "Jenoa"ning himoyadagi muammolari hozircha hal qilingani yo'q va "neroverdi" hujumi bunday imkoniyatdan mamnuniyat bilan foydalanishi turgan gap. "Grifonlar" birinchi navbatda albatta aynan himoyada ishonchli o'yin ko'rsatishga urinishadi, lekin buni uddalashlariga ishonish qiyinroq.

Sassuolo

Domenico Berardi - 55'

Serie A . 20-tur

06/01/2022, 19:30

1
:
1
Tugadi

Genoa

Mattia Destro - 7'

Stadion: Stadio Mapei - Citta del Tricolore, 4696 tomoshabin

Bosh hakam: Gianluca Manganiello

45'
90'
21'  Giacomo Raspadori
55'  Domenico Berardi
84'  Giorgos Kyriakopoulos (Mert Muldur)
86'  Rogerio
88'  Gregoire Defrel (Luigi Samele)
90'  Maxime Lopez
7'  Mattia Destro
7'  Caleb Ekuban
64'  Hernani (Filippo Melegoni)
64'  Silvan Hefti (Mohamed Fares)
75'  Mattia Destro (Goran Pandev)
84'  Caleb Ekuban (Felipe Caicedo)
84'  Manolo Portanova (Francesco Cassata)


"Yuventus" - "Napoli"

"Keksa sinora" himoyasi markazida Rugani va De Ligt maydonga tushadi. SHuningdek, Danilo ham jarohatidan to'liq forig' bo'lmagani sabab, turinliklarga yordam bera olmaydi. Arturning test natijasi esa ijobiy chiqdi. Hujum markazida Morata maydonga tushishi kutilmoqda. Kim biladi deysiz, balki bu bellashuv Alvaro uchun "Yuventus" tarkibidagi oxirgisi bo'lar. Spalettining tarkib bilan muammolari undan ham ko'proq, futbolchilarning bir qismi terma jamoasiga ketgan bo'lsa, boshqa bir qismi jarohati bilan ovvora, yana kimdir karantinda. SHunday ekan tanlash uchun variantlar u qadar ko'p emas, hujumda esa bor umid Insine va Mertensdan.

Oxirgi marta jamoalarning to'qnashuvi kutilganidek tomoshabop bo'lgandi. "Napoli" o'sha kecha 2-1 hisobida zafar quchgandi. Biroq hozir "Yuventus" revansh olishga astoydil harakat qiladi. "Napoli"ning yo'qotishlari juda ko'p va oson bo'lmasligi turgan gap. SHu o'rinda, yaralangan sher yanada xavfli bo'lishini unutmaslik lozim.

Juventus

Federico Chiesa - 54'

Serie A . 20-tur

06/01/2022, 23:45

1
:
1
Tugadi

SSC Napoli

Dries Mertens - 23'

Stadion: Allianz Stadium, 19301 tomoshabin

Bosh hakam: Simone Sozza

45'
90'
44'  Alex Sandro
54'  Federico Chiesa
65'  Federico Bernardeschi (Paulo Dybala)
65'  Adrien Rabiot (Rodrigo Bentancur)
75'  Alex Sandro (Mattia De Sciglio)
75'  Alvaro Morata (Moise Kean)
81'  Federico Chiesa (Dejan Kulusevski)
90'  Paulo Dybala
23'  Dries Mertens
23'  Matteo Politano
76'  Matteo Politano (Eljif Elmas)
87'  Diego Demme
88'  Dries Mertens (Andrea Petagna)
90'  Stanislav Lobotka (Alessandro Zanoli)


Sergey Rumyancev

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика