

"Spaletti "Roma"ga yangi hayot bera oldi. Ammo "Roma" tiklanayotgan payti mavsumni tugashiga to'g'ri kelib qoldi. "Yuventus", bu "Yuventus". U hech qachon osonlikcha taslim bo'lmaydi. Shu bilan birga oraliq masofani ham katta farq bilan ushlab tura oladi. "Bo'rilar" yangi mavsumda "Skudetto"ni qo'lga kirita oladimi? Albatta, aynan shuning uchun Spaletti Rimda", - deydi ikki karra jahon chempioni bo'lgan Kafu.



