Kafu: "Gattuzo – mukammal tanlov"

Sherzod Nurmatov
16 iyun 2025, 17:32
Italiyaning "Milan" klubida uzoq vaqt to'p tepgan braziliyalik sobiq himoyachi Kafu Italiya terma jamoasiga Jennaro Gattuzoning bosh murabbiy etib tayinlangani haqida gapirdi.

Gattuzo bilan birga "Milan"da o'ynagan Kafu u buni uddalashiga shubha qilmayapti. Kafu Jennaroni bu lavozim uchun eng yaxshi variant deb atadi.

"Mening yaqin do'stim Jennaro – Italiya terma jamoasi uchun eng zo'r tanlov. Ishonchim komilki, u eplaydi va jamoani Jahon chempionatiga olib chiqadi. Hozir yurak, shaxsiyat va ko'p mehnat kerak, Gattuzo buni amallaydi", – dedi Kafu.

Eslatib o'tamiz, avvalgi murabbiy Luchano Spalletti iste'foga chiqqan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: derbyerbyderby.it