Kafu Anchelotti haqida: "Bu normal holat emas - braziliyalik ishqibozlar unga ishonishmaydi"

Omonjon To`xtamirzayev
4 apr 2024, 19:43
Kafu Braziliya terma jamoasiga Karlo Anchelotti bosh murabbiy bo'lishi mumkinligi haqida gapirib o'tdi.

Avvalroq "Real" ustozi Braziliya futbol konfederatsiyasi bilan aloqalar bo'lganini tasdiqlagandi: "Barchasi "Real" bilan vaziyatga bog'liq edi. Klub ishimizdan qoniqayotgan ko'rinadi va shartnomani uzaytirishdan boshim osmonga etdi".

– Anchelotti Braziliya termasi boshqaruvini o'z qo'liga olishi haqida ko'p mish-mishlar yuribdi. Xorijlik murabbiy milliy termani boshqarishiga qanday munosabat bildirish mumkin? Bu normal holatmi yoki yo'q?

– Bu normal holat emas. Bizda bunaqasi [xorijlik murabbiy] hech qachon bo'lmagan. U hech qachon Braziliya termasida ishlashni istashini, terma jamoa bilan shartnoma imzolaganini aytmagan. Nazarimda, braziliyalik muxlislar unga biroz ishonishmayapti.

Siz Braziliya termasi a'zosi bo'lsangiz, bu haqida hamma bilishini, butun dunyoga jar solishni istaysiz. Biz ajoyib murabbiy haqida gapiryapmiz, u futbolni yaxshi ko'radi va yaxshi tushunadi, – dedi "Milan" va Braziliya terma jamoasi sobiq himoyachisi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal