Joze Mourino: "Manchester Yunayted"ning hayoti mensiz, meniki esa usiz davom etadi"
19 dek 2018 22:06
Yangiliklar
Joze Mourino: "Manchester Yunayted"ning hayoti mensiz, meniki esa usiz davom etadi"
Joze Mourino "Manchester Yunayted"dan ketgani borasidagi fikrlarini bildirdi.
"Barchasi tugadi. "Manchester Yunayted"ning hayoti mensiz, meniki esa usiz davom etadi. Endi "Yunayted"ning kelajagida yo'qman.
"Yunayted"ga kelgan ilk kunimdanoq, egnimga shu buyuk jamoaning emblemasi taqilgan kundan boshlab barchadan ko'ra o'zimni g'ururli deb hisobladim. MYUning barcha muxlislari ham menga ishonch bildirishdi.
Oldingi ishlagan klubimdagilar kabi bu erda ham ajoyib insonlar bilan faoliyat olib bordim. Kitobimning bir bobi yakunlanganda har doim ularga chuqur tazim bildiraman. Sobiq kasbdoshlarim haqida yaxshi ham yomon ham gapirmayman.
Umid qilamanki, matbuot ham mening poziciyamni hurmat qilishadi va keyingi ish joyimgacha men bilan yaxshi muloqotda bo'lishadi", - dedi Mourino.
Fikrlar