Joze Mourino: "Buyuk Anchelottiga salom yo'llayman"
06 may 2022 08:14
Yangiliklar


Joze Mourino: "Buyuk Anchelottiga salom yo'llayman"
"Juda charchadim va uyga ketishni istayman.
Bu oilamizning g'alabasi. Nafaqat maydon va zaxira o'rindig'idagi, umuman butun stadiondagi oila azolarimizning! Oilaga aloqador ekanligingni his qilish - asosiy muvaffaqiyat.
Biz borimizni berib o'ynadik. Balki kimdir bunday hisoblamas, lekin darvozaboningizda APLning hujumkor jamoasiga qarshi o'yinda 120 daqiqa ichida faqatgina 2 ta seyv bo'lishi - muvaffaqiyatni bildiradi.
Yigitlar bunga loyiq. Bizda final sari fantastik yo'l bo'ldi, A Seriyada ochkolar yo'qotishimizga to'g'ri keldi. Ammo endilikda biz finaldamiz va unda g'alaba qozonmoqchimiz.
Ruhsat bersangiz do'stim, buyuk murabbiy Karlettoga (Karlo Anchelotti) salom yo'llamoqchiman. Kel, birga finallarda g'alaba qoznamiz", - dedi Mourino.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar