"Jenoa" Sokratisdan so'ng "Arsenal"ning yana bir o'yinchisiga qiziqmoqda
07 jan 2021 10:16
Yangiliklar


"Jenoa" Sokratisdan so'ng "Arsenal"ning yana bir o'yinchisiga qiziqmoqda
"Arsenal" himoyachisi SHkodran Mustafi faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
28 yoshli germaniyalik futbolchining xizmatlariga "Jenoa" qiziqish bildirmoqda. Eslatib o'tamiz, SHkodranning "to'pchilar" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Oldinroq, londonliklarning yana bir o'yinchisi Sokratis ham genuyaliklar qiziqishlari doirasiga tushib qolgandi.
Oldinroq, SHkodranga Kataloniyaning "Barselona" klubi qiziqish bildirayotgani haqida malumot tarqagandi.
Himoyachi joriy mavsum Angliya chempionati doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushdi va 15 daqiqa atrofida o'ynadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar