Jeko "Roma"ning evrokuboklardagi eng yaxshi to'purariga aylandi
26 fev 2021 11:00
Yangiliklar


Jeko "Roma"ning evrokuboklardagi eng yaxshi to'purariga aylandi
Bosniyalik futbolchi Rim klubi tarixiga kirdi.
"Roma" forvardi Edin Jeko Evropa Ligasi 1/16 final bosqichi doirasidagi "Braga"ga qarshi javob o'yinida gol urdi.
Bu gol saralash bosqichlarini hisobga olmaganda bosniyalik futbolchi uchun "bo'rilar" tarkibida evrokuboklardagi 29-gol bo'ldi.
Jeko bu borada "Roma" afsonasi Franchesko Totti (28ta gol)dan o'tib ketdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar