Jeko “Roma” safida 100-golini urdi
02 fev 2020 07:57
Yangiliklar


Jeko “Roma” safida 100-golini urdi
Italiya A seriyasining 22-turida “Roma” “Sassuolo”ga (2:4) imkoniyatni boy berdi.
Rimliklarning gollaridan biri Edin Jeko hisobiga yozildi. Bu futbolchining “Roma” safida kiritgan 100-goli sifatida qayd etildi.
Bosniyalik futbolchi Rim klubi safida 100 ta gol kiritgan ettinchi futbolchiga aylandi.
Bungacha Vinchenco Montella (102), Pedro Manfredini (104), Rodolfo Volk (106), Amedo Amadei (111), Roberto Prucco (138) va Franchesko Totti (307) ushbu marrani zabt etishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar