So’nggi yangiliklar

13:30"Арсенал", "Манчестер Сити" ва "Реал" германиялик ҳимоячига қизиқмоқда  0 13:03Таҳлил. Ўзбекистон терма жамоасида "перезагрузка": Каннаваро нимани ўзгартирмоқчи?  3 12:40Лапорта: "Агар Худо бор бўлса, у "Барса" томонида"  9 12:13"Галатасарой" Салоҳ билан шартнома имзолашни режалаштирмоқда  1 11:50Уругвай дарвозабони Ўзбекистонга қарши ўйинда қайси вазият қийинчилик тўғдирганини айтди  2 11:28Юрген Клопп Вирцни ҳимоя қилиб чиқди  2 10:50"Барселона" асосий футболчиси билан янги шартнома имзолайди. Товон пули 500 миллион евро!  2 10:23ЖЧ-2026 саралаш. Бугун Осиёда иккита даҳшат ўйин бор  17 10:01Юрген Клопп: "У - 100 йилда бир марта пайдо бўладиган истеъдод"   1 09:18U-20 терма жамоамиз Қозоғистонга қарши майдонга тушади  0 08:51Бугун ўсмирларимиз яна бир бор Туркияга қарши баҳс олиб боради  3 08:26ЖЧ-2026 саралаш. Бельгия, Украина, Германияда ғалаба, Францияда эса... + қолган натижалар  0 07:58"Жуда меҳнаткаш, интизомли ва барқарор жамоа" — Бьелса Ўзбекистон терма жамоаси ҳақида  6 07:30Sofascore. Уругвайга қарши баҳсда йигитларимиз неча баҳо олишди?  15 00:07Игорь Сергеев: "Бундай жамоалар ҳеч қачон 90 дақиқа тўлиқ борини бериб ўйнамайди"  9

Futzal bo'yicha JCH-2024. Argentina Ukrainani tor-mor etdi Yangiliklar

Futzal bo'yicha JCH-2024. Argentina Ukrainani tor-mor etdi

Futzal bo'yicha JCH "C" guruh 1-tur doirasidagi Argentina - Ukraina o'yini bo'lib o'tdi.

Argentina — Ukraina 7:1

Gollar: Kevin Arreta (19, 32),  Alan Brandi (19), Matias Rosa (21), Kristian Borruto (30, 40), Agustin Plasa (38) — Petro SHoturma (16)

Argentina: Nikolas Sarmiento, Lukas Bolo Alemani, Matias Rosa, Lusiano Gauna, Pablo Taborda (s)

Zaxira: Nikolas Kravecki, Lukas Tripodi, Anxel Klaudino, Agustin Plasa, Sebastyan Korso, Kristian Borruto, Konstantino Vaporaki, Alan Brandi, Kevin Arreta.

Ukraina: Oleksandr Suxov, Nazar SHved, Mikola Mikutik, Ixor CHerniavski, Petro SHoturma (s)

Zaxira: Kirlo Cupun, Yuriy Savenko, Andriy Melnyuk, Evgeniy Juk, Rostislav Semenchenko, Danil Abakshin, Mixaylo Zvarich, Artyom Farenik, Ixor Korsun


YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. 

40. SHoturma ogohlantirildi. 

40.GOL! Borruto hisobni o'ta yirik ko'rinishga keltirdi! 

39. O'ynovchi darvozabon Mikolaning zarbasiri Argentina posboni qaytardi. 

38. GOL! Plasa qarshi hujumda bo'sh qolgan darvozaga uzoq masofadan to'p kiritdi. 

38. Fol. Argentina zarariga. 

Argentina taym-aut oldi. 

35.Zarba! Semenchenkoning yana bir zarbasi darvoza ustidan yuqorilab ketdi. 

33. Zarba! Semenchenkoning urinishiga aniqlik etishmadi. 

32. GOL! Tezkor qarshi hujum natijasida Arrieta bo'sh darvozani ishg'ol qildi! 

30. GOL! Borruto raqib darvozabonining xatosidan unumli foydalanib, deyarli bo'sh darvozani ishg'ol qildi

28. Ukrainaliklar bosim qilishmoqda, ammo argentinaliklar zarbaga qo'yishmayapti. 

26. Zarba! Standart vaziyatni Mikola xavfli, ammo noaniq zarba bilan yakunladi. 

25. Zarba! Ukrainaliklarning xavfli zarbasini Sarimiento mahorat bilan qaytardi. 

23. Ukrainaliklar tomonidan yo'llangan ikki zarba darvozaga qadar aniq etib bormadi. 

21. GOL!  Matias Rosa chap qanotdan boshlangan hujumni muvaffaqiyatli yakunlandi! 

21. Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Taym yakunlandi. 

20. Fol. Argentina zarariga.

19. GOL! Argentinaning navbatdagi hujumini Brandi qoyilmaqom yakunladi! 


19. GOL! Arrieta dabl-penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi! 

19. Ukraina 6-folni ishlab oldi,  Zvarich ogohlantirildi. Argentina dabl-penalti tepadi. 

18. Zarba! Korsoning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan kuchli zarbasi naniq ko'rinish oldi.

16. GOL!  Ukrainaliklarning kombinacion humini SHoturma chap oyoqdagi zarbasi bilan maromiga etkazib qo'ydi! 

15. Zarba! Mikolaning o'ng qanotdan yo'llagan zarbasini raqib posboni qaytardi. 

14. Argentinaliklarning jarimadan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. 

14.Ukraina beshinchi folni ishlab oldi. Igor Korsun ogohlantirildi. 

13. Burchak uzatmasini Semenchenko chiroyli zarbaga aylantirdi, yana darvozabon mahorati. 

12. Zarba! Boloning chap oyoqda yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib, Suxovga borib tushdi. 

11. Zarba!  CHerniavskiyning jarima maydoniga yaqin nuqtadan yo'llagan xavfli zarbasini Sarmiento qaytardi. 

10. Zarba!  Klaudinoning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Suxov qaytardi. 

Ukraina taym-aut oldi. 

8. Fol. Ukraina zarariga. 

6. Zarba! Boruttoning kuchli zarbasini Suxov qaytardi. 

5. Zarba!  Suxovning zarbasini Argentina posboni egallab oldi. 

3. Zarba!  Ukrainaliklarning ilk urinishi xavfli chiqdi, ammo noaniq. 

1. O'yin boshlandi!

— Salom! Tez orada futzal bo'yicha JCH-2024 "C" guruh 1-tur doirasidagi Argentina — Ukraina o'yini boshlanadi. Ushbu bahsni sizlar bilan birgalikda kuzatib boramiz!

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика