JCH-2022 uchrashuvlariga yana ikki mamlakat mezbonlik qilishi mumkin
12 mar 2019 15:03
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/482856_original.jpg)
![](/upload/storage/482856_220.jpg)
JCH-2022 uchrashuvlariga yana ikki mamlakat mezbonlik qilishi mumkin
Agar JCH-2022 ishtirokchilari soni 48ta jamoaga etsa FIFA mundial o'yinlarini qabul qilishi mumkin bo'lgan mamlakatlarni aniqlab oldi.
Qo'shimcha 16ta jamoa uchun Qatarda joylashgan 8ta arenaga qo'shimcha yana 2-4ta stadion kerak bo'ladi.
FIFA Saudiya Arabistoni va BAAda 3tadan, Quvaytda 2ta, Ummon va Bahraynda bittadan stadionni ko'rib chiqmoqda.
Fors ko'rfazi mamlakatlarining Qatar bilan munosabati yomonligi tufayli vaziyat og'irlashmoqda. FIFA Saudiya Arabistoni, BAA va Bahrayndan Qatarga nisbatan sankciyalarni olib tashlab, diplomatik munosabatlarni tiklashini talab qilgan. SHundagina bu mamlakatlar JCH o'yinlariga mezbonlik qilishi mumkin.
Hozircha Ummon va Quvayt eng qulay variant bo'lib turibdi, chunki ular Qatar bilan neytral munosabatda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar