JCH–2018 saralashidagi raqibimiz Ummon bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
13 may 2017 13:20
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/253102_original.jpg)
![](/upload/storage/253102_220.jpg)
JCH–2018 saralashidagi raqibimiz Ummon bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
O'zbekiston milliy terma jamoasining JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhidagi raqibi – Suriya terma jamoasi Ummonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
Jamoalar o'rtasidagi uchrashuv 2 iyun kuni Ummon poytaxti Muskat shahrida bo'lib o'tadi. Avvalroq milliy terma jamoaning guruhdagi yana bir raqibi – Eron termasi O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan CHernogoriyaga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazishi haqida xabar berilgandi.
Malumot uchun, “A” guruhi 7-turidan keyin Eron 17 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, 13 ochko jamg'argan Janubiy Koreya ikkinchi pog'onada bormoqda. O'zbekiston terma jamoasi 12 ochko bilan uchinchi o'rinni band qilgan. 4–6 o'rinlarni mos ravishda Suriya (8 ochko), Xitoy (5 ochko) va Qatar termalari egallagan.
O’xshash yangiliklar
11:26
O'zbekiston delegaciyasiga Futzal Jahon chempionati-2024 kubogini topshirish marosimi bo'lib o'tdi 4
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar