So’nggi yangiliklar

23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  0 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  3 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  0 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  12 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  24 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  1 20:38Ансу Фати Францияда рекорд натижа қайд этди  5 19:40Ҳожимат Эркинов ЖЧда қайси жамоалар билан рўбарў келишни хоҳлайди?  12 18:43Кувайт терма жамоаси бош мураббийи: "Мен ЎФА шорт-листида бўлганман?"  8 18:19"Реал" футболчиси Испания терма жамоаси сафида жароҳат олди  3 17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  2 17:27Каннаваро: "Тимур Кападзе билан ўйин фалсафаларимиз ўхшаш"  31 17:23Ҳожимат Эркинов: "ОКМКда катта футболга мослашганман"  0

Jasur Hamroev: Dinamo Superliga yo'llanmasi uchun oxirigacha kurashadi Yangiliklar

Jasur Hamroev: Dinamo Superliga yo'llanmasi uchun oxirigacha kurashadi

Pro liga 16-turi doirasidagi Dinamo - Neftchi (2:0) uchrashuvidan keyin shu kuni Samarqand jamoasini maydonga boshlab tushgan Jasur Hamroev o'yin haqida to'xtaldi.

«Muhim g'alabaga erisha olganimiz va muxlislarimizni quvontirganimizdan xursandman. Bugun butun jamoamiz o'yindagi g'alaba bizga qay daraja muhimligini yaxshi anglagandi. Bilasiz, hozir Superliga uchun to'rt klub kurash olib bormoqda va har bir o'yin juda og'ir o'tmoqda. Yigitlar masuliyatni chuqur anglagan holda maydonda borlarini berishdi va uch ochkoga ega chiqishdi. Ushbu g'alaba uchun har bir futbolchidan tortib klubning oddiy qorovuligacha hissasi bor, deb o'ylayman.

Bugun yigitlar ham, biz ham hech qanday bosimni his qilganimiz yo'q, eng avvalo Samarqand shani va futboli uchun maydonda borlarini berishdi. Maqsad o'zgarmaydi – Superliga uchun oxirigacha kurashishda davom etamiz. Elitaga chiqishimizni muxlislar kabi har bir futbolchi ham xohlaydi. Yigitlarimizda o'yindan-o'yinga ishonch ortishiga ishonaman.

Tarkibdagi o'zgarishlar? Jiddiy rotaciya qildik deb o'ylamayman, hammasi o'sha o'zimizni tarkibdagi futbolchilar. Bugun o'zlariga ko'proq ishonishdi, omad ham biz tomonda bo'ldi. Qolaversa, bugun hujum chizig'ida maydonga tushgan Amirjon Safarovni alohida etirof etgan bo'lardim. U hujumda bo'lgani kabi yarimhimoyaga ham katta yordam berdi, o'yinni o'ziga olishga intildi. Umuman olganda, jamoamiz asosi yoshlardan iborat ekanligi uchun ularning o'yindan-o'yinga o'ziga bo'lgan ishonchi ortadi. Yigitlarimiz mehnatlari evaziga peshqadam «Neftchi»dan ustun kelishdi. Ulardan ishtiyoq kuchli bo'ldi.

«SHo'rtan» bilan o'yin? Orqaga yo'l yo'q. Ertadan navbatdagi bahsga tayyorgarlik ko'ramiz. Butun jamoa katta ishtiyoq bilan mehnat qilib, navbatdagi bahsda ham faqat g'alabani ko'zlaydi», - deydi o'yindan keyin Jasur Hamroev.

Malumot uchun, «Dinamo» navbatdagi turda o'z maydonida «SHo'rtan» klubini qabul qiladi. Bahs 14 noyabr shanba kuni o'tkaziladi.

Usmon Ibodov yozib oldi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика