Jahongir Mehmonov: “Qarshiga natija uchun kelganmiz”
21 may 2016 13:05
Yangiliklar
Jahongir Mehmonov: “Qarshiga natija uchun kelganmiz”
Qarshida o'tkazilinadigan “Nasaf” – “Neftchi” bahsi avvalida farg'onaliklar vakili Jahongir Mehmonov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- “Nasaf” jamoasiga qarshi o'yinga jiddiy tayyorlandik. Albatta chiroyli o'yin namoyish etib, natija qayd etishga harakat qilamiz. Jamoada kayfiyat yaxshi deb aytishim mumkin. Yaqinda jamoamizda bir qator o'zgarishlar yuzaga keldi. Bu esa faqat jamoa foydasiga ishlaydi deb hisoblayman. Keyingi bahslarda ham bizni qiyin o'yinlar kutib turibdi. Davra oxirigacha imkon qadar turnir jadvalida yuqoriroqqa ko'tarilishga urinyapmiz. Bugungi raqibimiz “Nasaf” haqida gapiradigan bo'lsam, qarshilik jamoa mamlakatimizning eng shakllangan klublaridan biri hisoblanadi. O'z navbatida “Neftchi” jamoasi ham tarixiy klub hisoblanishi etirof etish mumkin. Biz esa jamoamiz tarixida qayd etilgan natijalarni yana bir bor qaytalashga harakat qilamiz, - dedi Mehmonov “Nasaf”ga qarshi o'yin oldidan.
Hojiakbar Jabborov yozib oldi.
“Neftchi” matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar