

O'tgan mavsumni Namanganning "Navbahor" jamoasi tarkibida sardor sifatida o'tkazgan Jahongir Mehmonov bu mavsumda "Surxon" jamoasi a'zosiga aylandi.
Mehmonov ham "Surxon" bilan 1+1 ko'rinishida shartnoma imzoladi.
Shu tariqa, "Navbahor"ning ikkinchi futbolchisi "Surxon"ga o'tdi. Bundan oldin Aleksandr Kasyan Namangandan Termiz klubiga ko'chib o'tgan edi.




