Rasmiy xabar: Aleksandr Kasyan "Surxon"ga o'tdi

Narzulla Saydullayev
30 dek 2020, 15:46
2019 yilgi Superliga bahslarini kuchli oltilikda yakunlagan "Surxon" jamoasining kelgusi yildagi maqsadlari ham yuqori.

Jamoaning bu yilgi mavsumda hujum chizig'idagi ishlari unchalik yurishmagan edi. Buni to'g'ri anglagan "Surxon" futbol klubi rahbariyati, rossiyalik forvardni jamoaga qo'shib olishga qaror qildi.

Kasyan "Surxon" bilan 1+1 ko'rinishda shartnoma imzoladi. Futbolchi yanvar oyining boshlarida Toshkentga keladi va "Surxon" jamoasining mashg'ulotlariga qo'shiladi.

Eslatib o'tamiz, Aleksandr Kasyan 2019 yilgi mavsumni Namanganning "Navbahor" jamoasida o'tkazgan edi, - deb yozadi "Surxon" matbuot xizmati. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia