Jahongir Mehmonov: "Surxon"ga o'tganim yo'q"

Narzulla Saydullayev
1 yanv 2020, 21:39
"Navbahor" klubi himoyachisi Jahongir Mehmonov "Surxon"ga o'tganini rad qildi.

Biroz oldin "Surxon" klubi matbuot xizmati Jahongir Mehmonov bilan 1+1 ko'rinishida shartnoma tuzilgani haqida xabar bergan edi. Biroq futbolchining o'zi saytimizga bundan bexabarligini ma'lum qildi. 

"Surxon"ga o'tganim yo'q, bu xabar mish-mish", - dedi Mehmonov.

Ma'lumot uchun, Jahongir Mehmonov 2019 yilgi Superligada 19ta o'yinda maydonga tushib 4ta sariq kartochka oldi. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia