"Surxon" yetakchisi "Paxtakor"ga o'tdi

7 iyul 2026, 11:01
Yozgi transfer oynasida "Paxtakor" hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida legioner futbolchi bilan shartnoma imzoladi.

"Sherlar" "Surxon" yetakchisi Stiven Chinedu bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Narzulla Saydullaev o'zining telegram kanalida ma'lum qildi.

Ma'lumot uchun, 26 yoshli futbolchi "Surxon"ga yil boshida kelib qo'shilgandi. U jamoa safida jami 14 ta bahsda maydonga tushdi. Uning hisobida 9 ta gol va 2 ta assist bor.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia