

- Og'ir o'yin o'tkazdik. Maydon sirpanchiq edi. Hech narsaga qaramay bugun asosiy vazifamiz muxlislarga g'alaba ulashish edi va biz maqsadimizga etdik.
“Metallurg” jamoasi chempionatimizdagi kuchli jamoalardan biri. Bekoboddagi bahsda bizga biroz omad yetishmagandi. Asosan ular standart vaziyatlardan gol kiritishgandi.
Bugun esa ustunlik biz tomonda edi. Bugun murabbiy tomondan aytilgan barcha kursatmalarni bajarib g'alaba qozondik. Barcha muxlislarimizni g'alaba bilan tabriklaymiz", - deydi Abdumo'minov.



