Ixtiyor Karimov: "Jamoaviy o'yin evaziga "Olmaliq"ni engdik"
11 iyu 2016 21:47
Yangiliklar
Ixtiyor Karimov: "Jamoaviy o'yin evaziga "Olmaliq"ni engdik"
Oliy liganing 11-turidan o'rin olgan “SHo'rtan” - “Olmaliq” uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugun kerakli bo'lgan ochkolarni qo'lga kiritganimizdan xursandman. SHogirdlarimga katta rahmat. Bahs so'nggida biroz asabiylashdik. Dastlabki 6 turdagi mag'lubiyatlardan so'ng futbolchilar o'zlariga kelib olishganidan mamnunman. Bugun biz jamoaviy o'yin namoyish etdik. Barcha shogirdlarim o'z imkoniyati darajasida o'ynashdi. Jismoniy holatimiz etarli darajada bo'lmagani uchun o'yin oxirida ikkita gol o'tkazib yubordik", - deydi Karimov.
"SHo'rtan" matbuot xizmati
"SHo'rtan" matbuot xizmati
Fikrlar