Arsen Venger: "Maydonlar talab darajasida emas"

Mirjalol Normatov
29 iyun 2025, 13:21
Arsen Venger AQSHda o'tayotgan klublar o'rtasidagi jahon chempionati maydonlari sifatidan mamnun emasligini bildirdi.

"Orlandodagi maydonga tushib ko'rdim. Bu Yevropa klublari ko'nikkan darajadagi maydon emas. Stadion ideal holatda emas. Umid qilamanki, kelasi yilgi jahon chempionatigacha bu muammoni hal qilishadi", - dedi Venger.

Eslatib o'tamiz, AQSH, Kanada va Meksika mezbonligidagi jahon chempionati 2026 yilning 11 iyulidan 19 iyuligacha davom etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN