O'zbekiston MTJ sobiq azosi "Sho'rtan" murabbiylar shtabidan joy oladi
26 iyu 2025 15:38
Yangiliklar
O'zbekiston MTJ sobiq azosi "Sho'rtan" murabbiylar shtabidan joy oladi
O'zbekiston terma jamoasi sobiq himoyachisi Sherzod Azamov G'uzor klubida ish boshlaydi.
Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullaevga ko'ra, "Nasaf" va "Paxtakor" jamoalari sobiq himoyachisi Sherzod Azamov ikkinchi davradan murabbiylik faoliyatini boshlaydi. 35 yoshli Azamov "Sho'rtan" murabbiy shtabiga qo'shiladi.

Malumot o'rnida, "Sho'rtan" 9 ochko bilan so'nggi o'rinda bormoqda. Ayni paytda jamoaga Eldor Moyliev bosh murabbiylik qilmoqda.
May oyida "90minutuz" podkastida mehmon bo'lgan O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Sherzod Azamov murabbiylarning yosh futbolchilarni kashf etishi qiyin masala ekanligini aytgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar